Michael Krmenčík




Michael Krmenčík (talaffuzi: Mixael Krmenchik; 1993-yil 15-martda tugʻilgan) — chexiyalik professional futbolchi, Persija Jakarta klubi va Chexiya terma jamoasi hujumchisi.

Klublardagi faoliyati



Krmenčík futbolchilik faoliyatini Kraslicening akademiyalarida boshlagan, keyin esa FK Baník Sokolovga oʻtgan. FC Viktoria Plzeň rahbariyati Krmenčíkning isteʼdodidan xabardor boʻlishdi va tezda uni klubga qoʻshib olishdi.

Ilk faoliyati davri



2011-yilda asosiy tarkibga oʻtdi va oʻsha yilning aprel oyida 1. FK Pribramga qarshi oʻyinda debyut qildi. 2011—2012-yilgi mavsumda Banik Sokolovga ijaraga berildi va klubda oʻzining debyut professional golini kiritdi.

Keyingi toʻrt mavsumda Chexiya chempionatlarida FK Čáslav, FC Sellier Bellot Vlašim, FC Baník Ostrava va FK Dukla Pragueda ijarada oʻynadi. 2015—2016-yilgi mavsumning ikkinchi yarmida FC Viktoria Plzeňga qaytdi.

Toʻqqizta oʻyinda uch bor raqiblar darvozasini ishgʻol qilib, jamoaning asosiy tarkib oʻyinchisiga aylandi.

Viktoria Plzeň



2020-yilning yanvariga kelib, Krmenčík FC Viktoria Plzeňda 124 ta oʻyinda 62 ta gol urdi va 16 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 4 ta sovrinni qoʻlga kiritdi. 2017—2018-yilgi mavsumda ham liganing eng yaxshi toʻpurari boʻlgan.

Club Brugge



2020-yil yanvar oyida „Brugge“ Krmenčíkni sotib olish uchun 6 million yevro sarfladi. Belgiya klubi bilan uch yarim yillik shartnoma imzoladi. Biroq, Chexiyalik hujumchi uchun moslashuv qiyin kechdi, 19 oʻyinda bor-yoʻgʻi 3 tadan gol urdi va golli uzatma amalga oshirdi

PAOKga ijara
2021-yilning 5-yanvarida PAOK „Brugge“ bilan Krmenčíkni 2020—2021-yilgi mavsum oxirigacha ijaraga olish bo‘yicha kelishuvga erishganini eʼlon qildi. 2021-yil 22-may kuni Krmenčík Gretsiya kubogi finalining so‘nggi daqiqasida gol urdi, klub Olimpiakos ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Slavia Praguega ijara
2021-yil 23-iyul kuni Slavia Prague Krmenčík klubga mavsumiy ijara asosida qo‘shilishi va agar „Slavia“ UEFA Chempionlar Ligasi guruh bosqichiga yo‘llanma olsa, transferni doimiy qilish majburiyatini olishini eʼlon qildi.

Persija Jakarta



2022-yil iyun oyida Krmenčík Indoneziya 1-ligasi jamoasi Persia Jakartaga qoʻshildi. 2022-yil 23-iyulda Bali Unitedga qarshi oʻyinda (0:1, mag‘lubiyat) debyutini o‘tkazdi.

Xalqaro faoliyati



Krmenčík 2016-yildan beri Chexiya terma jamoasi safida o‘ynab kelmoqda. 26 o‘yin o‘tkazgan va to‘qqizta gol kiritgan. Ilgari koʻplab yoshlar darajasida oʻz mamlakatini himoya qilgan.

Faoliyat statistikasi



Klubda



6-dekabr, 2022-yil

Yutuqlari



Viktoria Plzeň

Club Brugge

PAOK

Individual

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz