Michael J. Berens
Michael J. Berens — (talaffuzi: Maykl Berens;) amerikalik tadqiqotchi muxbir. U 2012-yilda tergov hisobotlari uchun Pulitzer mukofotini qoʻlga kiritgan.
Hayoti va faoliyati
Berens jurnalistik faoliyatini 1981-yilda Ogayo shtati universitetida oʻqiyotganda The Columbus Dispatch jurnalida nusxalovchi sifatida boshlagan. 1995-yilda u „Okrug shahar sudi tizimidagi adolatsizliklarni, jumladan, kichik jinoyatlar uchun jarima toʻlatish maqsadida juda kambagʻal shaxslarni qamoqqa olinayotgani va jiddiy jinoyatchilarni ozod qilishayotgani“ haqidagi maqolalari „Beat Reporting“ yoʻnalishida Pulitzer mukofotiga munosib deb topildi. Michael The Columbus Dispatch kompaniyasida 13 yil ishlagan.
1994-yilda Berens The Seattle Times gazetasida faoliyat yurita boshladi. 2012-yilda u va Ken Armstrong „Vashington shtatidagi nogiron bemorlariga xavfsiz boʻlgan ogʻriqni qoldiruvchi dori vositasidan arzon ammo xavfli boʻlgan dori vositalarining tavsiya qilinayotgani haqidagi tadqiqot hisoboti uchun" Pulitzer mukofotini qoʻlga kiritgan. Shuningdek, The Seattle Times gazetasida Berens hamkasblari Julia Summerfed va Carol Ostrom bilan 2007-yilda „Sogʻliqni saqlash sohasi mutaxassislari tomonidan yaratilgan jinoyatchilarning keng qamrovli maʼlumotlar bazasidagi jinsiy zoʻravonlikda ayblanuvchilarni tergov qilganliklari sababli“ Pulitzer mukofoti finalistlari deb topilgan.
Michael The Seattle Times gazetasida 10 yil ishlagandan soʻng Chicago Tribune gazetasida tergov muxbiri sifatida faoliyat yurita boshlagan. 2017-yilda u va Patricia Callahan Illinois shtatidagi zo‘ravonlik va o‘limlar haqidagi tergov hisoboti uchun Pulitzer mukofotiga sazovor bo`ldi.
Berens, Worth Bingham mukofoti, tergov reportajlari sababli Clark Mollenhoff mukofoti, Edgar A. Poe memorial mukofoti va Jerald Loeb mukofotlarini qo`lga kiritgan.
Mukofotlari
Manbalar
uz.wikipedia.org