Michael Görlitz
Michael Görlitz (talaffuzi: Maykl Gyorlitz; 1987-yil 8-martda tugʻilgan) — sobiq nemis futbolchisi, yarim himoyachi sifatida oʻynagan.
Faoliyati
Görlitz faoliyatini SB Phönix Nürnberg bilan boshladi va keyinchalik FC Holzheim Neumarktga qoʻshildi. Undan 1. FC Nürnbergga oʻtdi. 2002-yilda „Bayern“ bilan shartnoma imzoladi.
Professional faoliyatining ilk davlarida „Bayern“ da oʻynagan, ammo „Bayern“ning katta toifadagi jamoasida hech qachon oʻynamadi
2008-yil 8-iyunda Halmstads BK bilan bir haftalik sinovdan oʻtdi va 2008-yil 23-iyulda Halmstads BK Görlitz bilan shartnoma imzolaganliklarini tasdiqladi. Halmstads BK bilan 11-avgust kuni Helsingborgs IFga qarshi oʻyinda debyut qildi. Ham sariq kartochka old, ham jamoasining ikkinchi golini urdi, oʻyin 3:1 hisobida yakunlandi.
Görlitz 2008-yil, 22-noyabr kuni Halmstads BK yilning eng yaxshi futbolchisi deb topildi.
Halmstad Superettanga tushib ketganidan soʻng, Görlitz bilan shartnoma muddatini tugatdi. Germaniyaga qaytib, Frankfurt FSV bilan shartnoma imzoladi.
2014-yil yozgi tanaffus vaqtida 2. Bundesliga klubi „St. Pauli“ klubiga oʻtdi, Hamburgliklar bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.
12-iyun kuni Görlitz Arminia Bielefeld bilan 2015-yil 1-iyuldan kuchga kiradigan shartnoma imzolaganligi tasdiqlandi. Bielefeld bilan ikki yil oʻynagach, 2017-yilning iyun oyida klubni tark etdi.
2018-yil yanvar oyida Görlitz toʻrtinchi darajali liga vakili TSV 1860 Munich jamoasiga qoʻshildi.
Xalqaro
Görlitz Germaniya terma jamoasining U16 va U19 darajasidagi jamoalarida 31 ta oʻyin oʻtkazgan.
Faoliyat statistikasi
Klubda
26-aprel, 2018-yil holatiga koʻra [13]
Terma jamoada
Yutuqlari
Bayern II Individual Manbalar
uz.wikipedia.org