Michael Estrada




Mikael Stiven Estrada Martines (ispancha: Michael Steveen Estrada Martínez) 1996-yil 7-aprelda Ekvadorda tugʻilgan. Ekvadorlik futbolchi „Kruz Azul“ klubi va Ekvador terma jamoasi hujumchisi hisoblanadi.

Jamoalardagi faoliyati



Estrada faoliyatini „Makara“ klubida boshlagan. 2013-yil 10-mart kuni Guayakilning „Barcelona“ga qarshi oʻyinda u 17 yoshida Ekvador Primer ligasida debyut qildi. Mavsum yakunida klub elitadan tushib ketdi. Mikael jamoada qoldi va bazadan joy oldi. 2015-yilda u 14 ta gol urib, jamoaning eng yaxshi to'purari va Ekvador B seriyasining eng yaxshi to'purarlaridan biriga aylandi.

Estrada o'zining muvaffaqiyatli o'yini bilan ko'plab klublarga qiziqish uygʻotgan va 2016-yil boshida u „El Nasional“ga o'tgan. 7-fevral kuni Guayaquildan „Barcelona“ga qarshi o'yinda u yangi jamoada debyut qildi. O'sha o'yinda Mikael „El Nacional“ safidagi ilk golini urdi.

2017-yil boshida Estrada „Independiente del Valle“ga ko'chib o'tdi. Yanvar oyida Libertadores kubogi doirasida Peruning „Deportivo Municipal“ jamoasiga qarshi o'yinda u jamoadagi debyutini o'tkazdi. O'sha o'yinda Mikael „Independiente del Valle“ uchun birinchi golini urdi va javob o'yinida ham gol urishga muvaffaq boʻldi. 14-fevral kuni „River Ekvador“ga qarshi o'yinda u yangi klubi safida chempionatda debyut qildi.

2019-yil boshida Estrada „Makara“ga qaytdi.

2019-yilning 17-dekabrida Estrada Meksikaning “Deportivo Toluka” jamoasiga oʻtdi.

2022-yil 8-fevralda Estrada MLS klubi „DC United“ga bir mavsumga sotib olish opsiyasi bilan ijaraga berildi. U 26-fevral kuni 2022-yilgi mavsumning ochilish bosqichida “Sharlotta”ga qarshi oʻyinda AQSh Oliy ligasidagi debyutini nishonladi va dubl qayd etdi.

2022-yil 16-avgustda Estradaning „DC United“dagi ijarasi erta tugadi va u „Kruz Azul“ga bir mavsumga ijaraga berildi.

Xalqaro faoliyati



2017-yilning 23-fevralida Gonduras terma jamoasiga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Ramires Ekvador terma jamoasi safida debyut qildi. U 2021-yilgi Amerika kubogi uchun milliy jamoa tarkibiga kiritilgan.

Statistika



2022-yil 16-iyul holatida[14]

Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz