Michael Drosnin
Michael Alan Drosnin (1946-yil 31-yanvar – 2020-yil 9-iyun) amerikalik jurnalist va yozuvchi.
Drosnin New York shahrida tugʻilgan. 1966-yilda Columbia universitetini tugatib The Washington Post (1966–1968) va The Wall Street Journal (1969–1970) gazetalarida jurnalist sifatida faoliyat yuritgan.
Tarjimai holi
1974-yilda Michael Drosninning "Citizen Hughes: In His Own Words – How Howard Hughes Tried to Buy America" nomli birinchi kitobi nashr etilgan.
1992-yilda Drosnin matematik Eliyaxu Rips bilan Isroilda uchrashgandan soʻng Bibliya kodeksini tadqiq qila boshlagan.
1997-yilda Simon va Schuster Michaelning "The Bible Code" kitobini nashr etdi. Ushbu nashr Drosnin tadqiqotining choʻqqisi boʻlib, unda Bibliya kodeksi kelajakni bashorat qilishi va voqealarga bizning harakatlarimiz taʼsir qilishi mumkinligini taʼkidlaydi. Kitobda 1998 – 2006-yillar oraligʻida sodir boʻladigan ofatlar va apokalipsis bashoratlari keltirilgan.
Keyinchalik Michael Muqaddas Kitob kodeksi haqida "Bible Code II: The Countdown" nomli ikkinchi kitobini ham yozadi. Penguin Random House
2003-yilda ushbu kitobni nashr etadi.
Oʻlimi
Drosnin 2020-yil 9-iyunda 74 yoshida vafot etadi.
Manbalar
uz.wikipedia.org