Michael de Leeuw




Michael de Leeuw (talaffuzi: Maykl de Leyuw; 1986-yil 7-oktyabrda Niderlandiyada tugʻilgan) — gollandiyalik futbolchi, „Groningen“ futbol klubida hujumchi.

Klublardagi faoliyati




De Leeuw professional faoliyatini „Wendam“ futbol klubida boshlagan. 2009-yilning 7-avgustda u yangi jamoadagi debyutini „Haarlem“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan. Oʻsha oʻyinda Mikael „Wendam“ futbol klubi safidagi ilk gollarini urib, „dubl“ qayd etgan. Debyut mavsumida u 25 ta gol urgan va chempionat toʻpurari boʻlgan. 2011-yilning yozida de Leeuw „De Graafschap“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 14-avgust kuni „Utrecht“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u Erediviziyada debyut qilgan. 15-oktyabr kuni „Heerenveen“ futbol klubiga qarshi bahsda Mikael „De Graafschap“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan.

2012-yilning yozida de Leeuw „Groningen“ futbol klubiga koʻchib oʻtgan. 26-avgust kuni „PSV“ futbol klubiga qarshi oʻyinda u yangi klubi safida debyut qilgan. 22-sentyabr kuni „TSV Havelse“ futbol klubiga qarshi bahsda Mikael „Groningen“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan. 2015-yilda u klubga Gollandiya kubogini yutishda yordam bergan.

2016-yilning 17-mayida de Leeuw MLSning „Chicago Fire“ futbol klubiga ko‘chib o‘tgan va 2018-yilning oxirigacha uch yillik shartnoma imzolagan. U Amerika ligasidagi debyutini 9-iyul kuni „Toronto“ futbol klubiga qarshi oʻtkazgan. 13-iyul kuni „Sporting Kansas City“ futbol klubiga qarshi bahsda u „Chicago Fire“ futbol klubi safidagi ilk golini urgan. 2017-yilning 30-sentyabrida „New-York City“ futbol klubiga qarshi o‘yinda de Leeuw chap tizzasidan jarohat olib, 10 oy maydonga tushmagan. 2018-yilgi mavsum oxirida „Chicago Fire“ futbol klubi De Leeuw bilan shartnomani uzaytirmagan.

2018-yilning 31-dekabrida De Leeuw „Emmen“ futbol klubiga kelib, yana bir yilga uzaytirish imkoniyati bilan bir yarim yilga shartnoma imzolagan.

2021-yilning 26-martida De Leeuwning „Groningen“ futbol klubiga qaytishi eʼlon qilindi. Hujumchi klub bilan 2021—2022-yilgi mavsum uchun bir yillik shartnomaga kelishib oldi va shartnomada futbolchilik faoliyatini yana bir yilga uzaytirilishi kelishib olingan. Shundan soʻng uni klub rahbariyati murabbiy boʻlishiga va „Groningen“ futbol klubi akademiyasida ishlashga taklif qilishgan.

Statistika




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz