Michael Cohen (advokat)




Michael Dean Cohen (1966-yil 25-avgustda tugʻilgan) — 2006-yildan 2018-yilgacha AQShning sobiq prezidenti Donald Trampning advokati vazifasini bajargan amerikalik sobiq advokat. Cohen Trump tashkilotining prezident oʻrinbosari va Trampning shaxsiy maslahatchisi boʻlgan. U Trump Entertainmentda ishlagan va Eric Tramp Jamgʻarmasi nomli bolalar salomatligi uchun ochilgan xayriya tashkiloti aʼzosi edi. Cohen 2017-yildan 2018-yilgacha Respublika Milliy qoʻmitasi moliya raisi oʻrinbosari vazifasida faoliyat yuritgan.

2018-yil 12-dekabrda Cohen uch yilga federal qamoq jazosiga hukm qilindi va bir qancha qonunlarni buzganlikda ayblanib, 50 ming dollar jarima to‘lashga majbur bo‘ldi. U 2019-yil 26-fevralda Nyu-York Oliy sudining apellyatsiya bo‘limi tomonidan Nyu-York shtatida advokatlik faoliyati bilan shug‘ullanish huquqidan mahrum etildi. 2019-yil 6-may kuni u Otisvil, Nyu-York yaqinidagi federal qamoqxonaga jazo oʻtash uchun joʻnatildi.

Shaxsiy hayot va taʼlim



Cohenning yoshligi Nyu-Yorkning Long-Aylenddagi Lourens shahrida oʻtgan. Uning onasi hamshira, otasi esa jarroh edi. Yahudiy millatiga mansub boʻlgan Cohen Vudmer akademiyasida tahsil oladi va 1988-yilda Amerika universitetida bakalavriat bosqichini yakunlab, 1991-yilda Tomas M. Kuli yuridik maktabida YD(Yuridik Doktor) darajasini olgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz