Michael Chaput




Michael Chaput (talaffuzi: Maykl Chaput) (1992-yil 9-aprelda tugʻilgan) — kanadalik professional xokkeychi. Michael Chaput hozirda Kontinental Xokkey Ligasi (KHL)ning „Barys Astana“ xokkey klubi bilan oʻynaydi. Michael Chaput „Philadelphia Flyers“ xokkey klubi tomonidan 2010-yilgi NHL kirish loyihasining 3-raundida (umumiy 89-oʻrin) tanlangan.

Oʻyin faoliyati



Yoshligida Chaput 2004-yilda Quebecdagi Xalqaro Pee-Wee xokkey turnirida Deux-Rivesning kichik xokkey jamoasi bilan oʻynadi.

Michael Chaput toʻrt mavsum (2008—2012) oʻsmirlar xokkeyida Quebecning asosiy oʻsmirlar xokkey ligasida (QMJHL) „Lewiston Maineiacs“ va „Shawinigan Cataractes“ xokkey klubi jamoalarida oʻynadi. Bu klublarda u 77 gol va 187 ochko, 110 ta golga assistentlik qildi hamda 232 ta penalti ishlab oldi. Michael Chaput 2012-yilgi Memorial kubogining eng qimmat xokkeychisi sifatida Stafford Smythe Memorial Trophy bilan taqdirlangan edi. 

2011-yilning 28-fevralida „Philadelphia Flyers“ xokkey klubi Chaputni Tom Sestito evaziga (Greg Moore bilan birga) „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubiga almashdi va 2012-yil 28-aprelda „Blue Jackets“ xokkey klubi Chaput bilan uch yillik shartnomasi imzoladi.

2018-yil 24-iyun kuni cheklangan erkin agent sifatida „Canucks“ klubi Michael Chaputni Tanner Kero evaziga „Chicago Blackhawks“ xokkey klubiga almashtirdi.

2018-yil 1-iyulda Chaput „Montreal Canadiens“ xokey klubi bilan ikki yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi. Michael Chaput 2018—2019-yilgi mavsumni Amerika Xokkey Ligasi filiali „Laval Rocket“ xokkey klubi bilan boshladi, ammo AHLda 18 oʻyinida 10 ochko toʻplaganidan soʻng 2018-yil 20-noyabrda asosiy klubiga chaqirildi. Chaput toʻrtinchi oʻrindagi tanlov asosida „Canadiens“ tarkibiga kirdi va 32 ta oʻyinda 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi. 2019-yil 25-fevralda Michael Chaput „Canadiens“ xokkey klubi tomonidan Jordan Weal evaziga „Arizona Coyotes“ xokkey klubiga sotildi.

2021-yil 29-iyulda Chaput „Pittsburg Penguins“ xokkey klubi bilan bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzoladi.

Shimoliy Amerikadagi 10 ta mavsumdan soʻng, Michael Chaput erkin agent sifatida xorijdagi birinchi shartnomasini 2022-yil 25-sentyabrda Qozogʻistonda joylashgan KHLning „Barys Astana“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnomaga rozi boʻldi.

Karyera statistikasi




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz