Michael Bradley
Michael Sheehan Bradley (talaffuzi: Maykl Shexan Bredli; 1987-yil 31-iyulda New Jersey shtatida tugʻilgan) — amerikalik futbolchi, yarim himoyachi va „Toronto“ futbol klubi sardori. 2010—2014-yilgi jahon chempionatlari ishtirokchisi.
Karyerasi
Michael Bradley New Jersey shtatining Prinston shahrida tugʻilgan. Uning otasi Bob Bradley 1976—1980-yillarda Prinston universiteti futbol jamoasida oʻynagan va keyinchalik murabbiylik qilgan. U bolaligini Illinoysda otasi bilan oʻtkazgan. Uning otasi keyinchalik „Chicago Fire“ futbol jamoasini boshqargan. 2002-yilgacha Michael Bradley „Chicago Sockers“ oʻsmirlar futbol klubida oʻynagan.
16 yoshida Michael Bradley 2004-yilda MLS bilan shartnoma imzoladi. U „MetroStars“ tomonidan turnirning 36-oʻrindagi futbolchisi deya eʼtirof etilgan.Oʻsha paytda yangi jamoasida uning otasi murabbiylik qilgan. Birinchi mavsumda Michael Bradley jarohati tufayli birorta ham oʻyin oʻtkaza olmagan. Keyingi oʻyinda u 31 ta oʻyin oʻtkazdi, Michael Bradley soʻnggi turda „Chivas“ futbol klubiga qarshi oʻyinda oʻzining yagona golini urdi va jamoasiga pley-offga chiqishga imkon yaratib berdi.
Milliy terma jamoa safida
2006-yil 26-mayda Michael Bradley AQSh terma jamoasi safida Venesuelaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida debyut qildi.
2006-yil oxirida Michael Bradleyning otasi Bob terma jamoa bosh murabbiyi lavozimini egalladi. Uning qoʻl ostida kichik Michael Bradley jamoaning asosiy oʻyinchisiga aylandi. 2007-yilda u CONCACAF oltin kubogi uchun milliy terma jamoa roʻyxatiga kiritilgan. Keyingi oyda u yoshlar terma jamoasi tarkibida yoshlar oʻrtasidagi jahon chempionatida ishtirok etdi va u yerda urugvaylik tengdoshlariga qarshi oʻyinda, oʻyinga qoʻshib berilgan qoʻshimcha daqiqalarda gʻalaba toʻpini kiritgan.
2007-yil 17-oktyabrda Shveysariyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida Michael Bradley AQSH terma jamoasi safidagi ilk golini urdi. Milliy terma jamoadagi muvaffaqiyatli oʻyinlaridan soʻng, Michael Bradley 2007-yilda yilning „Eng yaxshi yosh sportchisi“ deb topildi.
2010-yilda Michael Bradley Janubiy Afrikada oʻtkaziladigan Jahon chempionatiga AQSh terma jamoasi safida borishi uchun roʻyxatga kiritilgan. 18-iyun kuni guruh bosqichida Sloveniya terma jamoasiga qarshi oʻyinda u gol urib, terma jamoaning durang oʻynashiga yordam berdi. Michael Bradley Angliya, Jazoir va Gana jamoalariga qarshi bahslarda ham qatnashgan.
2014-yilda Michael Bradley terma jamoa tarkibida Braziliyada boʻlib oʻtgan jahon chempionatida ishtirok etgan. Turnirda u Gana, Portugaliya, Germaniya va Belgiya jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
2015-yilda Michael Bradley CONCACAF oltin kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Gaiti, Gonduras, Yamayka, Kuba va ikki marta Panama jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan. Panamaliklar va yamaykaliklarga qarshi bahslarda Michael Bradley ikkita gol urdi.
2016-yilning yozida Michael Bradley AQShda boʻlib oʻtgan Amerika kubogida ishtirok etdi. Turnirda u Kolumbiya, Kosta-Rika, Paragvay, Ekvador va Argentina jamoalariga qarshi oʻyinlarda ishtirok etgan.
Statistikasi
Terma jamoa uchun gollari
Yutuqlari
Manbalar
uz.wikipedia.org