Michael Blunden
Michael Charles Blunden (talaffuzi: Maykl Charlz Blunden) (1986-yil 15-dekabrda tugʻilgan)—kanadalik sobiq professional xokkeychi. Oʻzining professional faoliyati davomida Michael Blunden Milliy Xokkey Ligasida (NHL) „Ottawa Senators“, „Tampa Bay Lightning“, „Montreal Canadiens“, „Columbus Blue Jackets“ va „Chicago Blackhawks“ xokkey klublari bilan 100 dan ortiq oʻyinlarda maydonga tushgan.
Oʻyin faoliyati
Michael Blunden Ontario Xokkey Ligasi vakili „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi safiga 2005-yilda NHLga kirish loyihasida 43-oʻrindagi tanlov asosida qoʻshilgan edi. Michael Blunden 2006-yil 24-mayda „Chicago Blackhawks“ xokkey klubi bilan uch yillik boshlangʻich darajadagi shartnoma imzoladi. Shartnoma imzolashdan bir necha oy oldin Michael Blunden 2005—2006-yilgi pley-off bosqichida AHLning „Norfolk Admirals“ xokkey klubi („Blackhawks“ klubining shoʻbasi) bilan professional debyut mavsumini oʻtkazdi.
2009-yilning 10-yanvarida Michael Blunden „Blackhawks“ xokkey klubi tomonidan Adam Pineault evaziga „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubiga almashtirildi.
2011-yil 7-iyulda Michael Blunden Ryan Russell evaziga „Columbus Blue Jackets“ xokkey klubidan „Montreal Canadiens“ xokkey klubiga almashtirildi. 2012-yilning 1-iyulida „Canadiens“ xokkey klubi Michael Blunden bilan yana bir yillik ikki tomonlama shartnoma imzolashdi.
2014-yil 1-iyulda Michael Blunden „Tampa Bay Lightning“ xokkey klubi bilan erkin agent sifatida bir yillik shartnoma imzolash uchun „Canadiens“ xokkey klubini tark etdi.
2015-yil 29-iyunda „Lightning“ klubi Blunden bilan bir yillik ikki tomonlama shartnomani qayta imzolaganini eʼlon qildi. Blunden oʻtgan mavsumda klub bilan 33 oʻyinda maydonga tushib, 13 gol va 22 ochko qayd etdi.
Michael Blunden 2016-yil 1-iyulda „Ottawa Senators“ xokkey klubi bilan ikki yillik ikki tomonlama shartnoma imzolash uchun erkin agent sifatida „Lighting“ xokkey klubini tark etdi. Michael Blunden „Ottawa Senators“ xokkey klubilaridagi debyut oʻyinini 2016-yil 9-noyabrda „Buffalo Sabers“ klubiga qarshi oʻtkazdi.
„Senators“ klubi bilan shartnomasini tugatgandan soʻng, Blunden Shimoliy Amerikani erkin agent sifatida tark etdi va 2018-yil 18-iyulda Italiyaning „HC Bolzano“ xokkey jamoasi bilan bir yillik shartnoma imzoladi. Blunden „Bolzano“ klubi bilan mavsumning 38 oʻyinida 33 ochko toʻpladi.
„Bolzano“ klubini tark etganidan soʻng, Michael Blunden 2019-yil 3-aprelda Germaniyaning „Schwenninger Wild Wings“ xokkey klubi bilan bir yillik shartnomaga rozi boʻldi.
Shaxsiy hayoti
Michael Blunden 1986-yil 15-dekabrda Kanadaning Ontario shtati, Toronto shahrida tugʻilgan. Uning Jennifer Blunden ismli bir singlisi va ikkita ukasi, Stephen Blunden va Sean Blunden, bor. Ularning ikkalasi ham xokkeychi hisoblanishadi.
Faoliyat statistikasi
Muntazam mavsum va pley-off oʻyinlari
Xalqaro
Manbalar
uz.wikipedia.org