Michael Bloomberg




Michael Bloomberg (inglizcha: Michael Bloomberg, talaffuzi: Maykl Blumberg; 1942-yil 14-fevral, Massachusets, AQSH) — Nyu York shahrining 108-chi meri (2001-2014), BMTning iqlim oʻzgarishini nazorat qilish boʻyicha elchisi, moliyaviy bozorlarni tahlil qiluvchi Bloomberg LP axborot agentligining asoschisi va rahbari. Forbes jurnalining tahliliga koʻra, u 31 milliard dollar boyligi bilan dunyoning eng badavlat kishilari roʻyxatida 10-oʻrinda turadi.

Biografiyasi



1942-yilda Belaruslik yahudiy muhojirlar oilasida tug'ilgan. 1964-yilda John Hopkins maktabini va Garvard biznes maktabini bitirgan. Ish faoliyatini Salomon Brothers kompaniyasida aksiyalar savdosi bilan shug'ullanishdan boshlagan. Keyinchalik Bloomberg LP shirkatiga asos solgan. Shirkat aksiyalarning kompyuter orqali onlayn savdosi va savdo tahlili bilan shug'ullanadi. Hozirgi kunda shirkat dunyoning 130 davlatida vakolatxonalariga ega, xodimlar soni 9500 dan ko'p.
2007-yilda Nyu York rahbariga aylangan Bloomberg o'z oylik maoshini yiliga 1 dollar deb belgilagan. 2008-yilda 235 million dollarni xayriya ishlariga sarflagan.
2014-yil 31-yanvarda Nyu York meri lavozimidan ketdi va BMTning shaharlar bo'yicha maxsus elchisi lavozimiga tayinlandi.

Manbalar




Havolalar





uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz