Michael Baisden
Michael Baisden (1963-yil 26-iyunda tugʻilgan) – The Michael Baisden shousining sobiq boshlovchisi. Shou Baisden Media Group tomonidan SupeRadio va AURN (Amerika Urban Radio Networks/Amerika Shahri Radio Tarmoqlari) bilan hamkorlikda bir necha matbuot vositalariga maqola sotgan. Koʻrsatuv haftaning ish kunlari tushdan keyin efirga uzatiladi. Shou ilgari Cumulus Media tomonidan sindikatlangan va har kuni 8 milliondan ortiq tinglovchilar bilan mamlakat boʻylab 78 dan ortiq media bozorlarida eshittirilgan. Uning media karyerasi Chikagodagi poyezdlarni haydash ishini tark etganidan soʻng, „Never satisfied“ nomli kitobini oʻzi nashr etishni boshlangan va mamlakat boʻylab sayohat qilib, yuk mashinasida kitoblar sotgan.
Baisden NY Times gazetasida eng koʻp sotilgan muallifi hisoblanib, 2 milliondan ortiq kitoblari chop etilgan. Shuningdek, ikkita milliy telekoʻrsatuvni oʻtkazgan hamda uchta filmga prodyuserlik qilgan.
Prodyuser va rejissyorligi
Baisden ikkita milliy sahna asari (Baisden romanlari asosida); turlicha did eagalarining nuqtai nazariga asoslangan munosabatlarga va jinsiy hayotga bagʻishlangan „Love Lust & Lies“ mukofotga sazovor boʻlgan hujjatli film; „Relationship Seminar“ va „Men Have Issues Too“ ikkita seminar lentasini; shuningdek, vebga asoslangan hamjamiyat portalini yaratgan[2]. 2011-yilda Baisden "Do Women Know What They Want?" hujjatli filmini yaratib, suratga olgan va shu filmga rejissyorlik ham qilgan.
Ruhlantiruvchi notiq
Baisden oʻzining „Love, Lust & Lies Relationship Seminar Series“ da motivatsion notiq sifatida AQShga gastrol qildi. Koʻplab milliy Baisden Live Tours bilan bir qatorda, Yamaykadagi xalqaro Island Jam tadbirlarini ham olib borgan.
Radiodagi faoliyati
Baisden Nyu-York shahrida 98,7 KISS FM da tushdan keyin haq toʻlanmaydigan mezbon sifatida radioda ish boshlagan va biroz vaqt ichida stansiya reytingini toʻqqizinchi raqamdan birinchi raqamga olib chiqqan. Shou milliy miqyosda 2005-yilda debyut qildi.
Baisdenning shousi yaqinda 2017-yil yanvar oyida milliy radioga qaytarilgan. Shouning xabar beruvchi stansiyasi Atlantada (Kiss 104.1 FM) shou milliy radioga qaytarilgandan soʻng WALR-FM (Kiss 104.1 FM) nomi ostida boʻlgan, ammo oʻsha yilning 27-noyabrida WALR-FM oʻz tarkibini yangilab, mahalliy shoularni yaratishni boshlagan.
Baisden After Dark
2007-2008-yillarda Baisden TV One da tungi televizion tok-shou seriyali Baisden After Dark serialini oʻtkazib, birgalikda ishlab chiqargan. Shouda komediyachi George Willborn va house bandni boshqargan musiqachi Morris Day ishtirok etgan.
Ijtimoiy faolligi va jamoa yetakchiligi
2007-yil 20-sentabrda Baisden Luiziana shtatining Jena shahrida Jena Six March ga rahbarlik qilgan. 2008-yilning yanvar oyida Barak Obamani Qoʻshma Shtatlar prezidentligini maʼqullagan.
Michael Baisden jamgʻarmasi
Michael Baisden jamgʻarmasi savodxonlikni oshirish va xavf ostida boʻlgan yoshlar uchun murabbiylar bilan taʼminlash uchun tuzilgan notijorat tashkilotdir.
Michael Baisden jamgʻarmasining turli loyihalariga quyidagilar kiradi:
Chiqishlari
Mukofotlar
Kitoblari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org