Michael Walsh




Michael Alan Walsh (talaffuzi: Maykl Uolsh; 1949-yil 23-oktyabrda tugʻilgan), shuningdek, David Kahane  — amerikalik musiqa tanqidchisi, yozuvchi, ssenariynavis, media tanqidchi, madaniy-siyosiy maslahatchi va 19-tuzatishni bekor qilish tarafdori.

Faoliyati



Walsh jurnalistlik faoliyatini 1972-yilda New York shtatining Democrat and Chronicle jurnalida muxbir va keyinchalik musiqa tanqidchisi sifatida boshlagan. 1977-yilning noyabr oyida San Francisco Examiner gazetasida klassik musiqalarning bosh tanqidchisi etib tayinlangan. Gazetadagi amalga oshirgan ishlari uchun 1980-yili ASCAP-Deems Taylor mukofotiga sazovor boʻlgan. 1981-yilning bahorida Time jurnalida musiqa tanqidchisi sifatida faoliyat boshlaydi. Jurnaldagi ishiga doir muqova mavzulari James Levine, Vladimir Horowitz hamda Andrew Lloyd Webber kabi mashhurlarni oʻz ichiga oladi. Shuningdek, 1989—1996-yillarda Germaniyaning Myunxen shahrida joylashgan jurnalning xorijiy muxbiri oʻlaroq 1989-yilgi Berlin devori va 1991-yilgi sovet kommunizmining qulashini bevosita oʻz koʻzi bilan koʻrgan holda yoritgan. 

Walsh 2007-yil fevral oyidan boshlab toki 2015-yilgacha boʻlgan vaqt davomida National Review jurnali uchun oʻz ismi hamda David Kahane (The Player filmidagi toʻqima obraz) nomi ostida maqolalar yoza boshlaydi. Walshning David Kahane obrazi ortiga berkingan shaxsiyati „konservativ auditoriyaga yashash qoidalari haqida haddan tashqari koʻp narsalarni aytib berish odatiga ega boʻlgan hamda Hollywood liberallaridan biriga aylangan“, deya taʼriflangan.

Uning eng soʻnggi kitobi Last Stands boʻlib, nashr etilgan kuniyoq Amazonda savdosi oʻsib borgan hamda koʻplab bestseller asarlar qatoridan oʻrin olib kelmoqda.

Kitoblari



Uydirmadan yiroq asarlari




Romanlari




Shaxsiy hayoti



Hozirda Los Angeles shahridagi Wende muzeyining maslahat kengashida faoliyat yuritadi. Uning asosiy yashay joyi Konnektikut qishloqlari va Irlandiyaning Kler okrugida joylashgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz