Michał Karbownik
Michał Karbownik (talaffuzi: Mixail Karbovnik; 2001-yil 13-martda tugʻilgan) — polshalik professional futbolchi, Premyer-liganing „Brighton & Hove Albion“ klubidan ijaraga olingan holda 2. Bundesliga vakili Fortuna Düsseldorfda himoyachi sifatida oʻynaydi. Polsha terma jamoasida uchta oʻyin oʻtkazgan.
Klublardagi faoliyati
Ilk faoliyati
Karbownik Varshavadan 62 mil janubda joylashgan Radom shahrida tugʻilgan. Futbolchilik faoliyatini 10 yoshida Zorza Kowalada boshlagan. 2012-yilda mahalliy Młodzik 18 Radom klubiga qoʻshildi.
Legia Warsaw
2015-yilda Karbownik Warsawning Legia jamoasi bilan shartnoma imzoladi, akademiyasiga qoʻshildi. 2019-yilda asosiy jamoa bilan mashg‘ulotlarni boshladi va 2019-yil 25-avgustda „Legia“ safidagi debyutini safarda „Lodz“ga qarshi oʻyinda (3:2) oʻtkazdi, Dominik Nagyga assistentlik qildi. 2020-yilning may oyida Karbownik Legia bilan shartnomasini 2024-yilgacha uzaytirdi.
Karbownik asosiy oʻyinchi sifatida „Legia“ bilan 2019—2020-yilgi Ekstraklasa gʻolibi boʻlgan. 2020-yil yanvar oyida UEFA tomonidan 2020-yilda kutiladigan eng yaxshi yosh oʻyinchilardan biri deb topildi. 2020-yil fevral oyida Polshaning „Piłka Nożna“ futbol jurnali tomonidan „Yil kashfiyoti“ deb topildi. 2019—2020-yilgi mavsumda Ekstraklasa „Mavsumning eng yaxshi yosh futbolchisi“ mukofotini qoʻlga kiritdi va „Golden Boy“ mukofoti uchun 40 kishidan iborat boʻlgan nomzodlar roʻyxatidan joy oldi.
Brighton & Hove Albion
2020-yil 6-oktyabrda Angliyaning „Brighton & Hove Albion“ klubi bilan 3 million funt sterling evaziga shartnoma imzoladi.
Legia Warsaw (ijara) Koʻp oʻtmay Karbownik sobiq klubi Legia Warsawga mavsum oxirigacha ijaraga berildi. Yangi bosh murabbiy Czesław Michniewicz qoʻl ostida Karbownik yarim himoyada oʻynay boshladi (ilgari Aleksandar Vuković qoʻl ostida chap qanot himoyasida oʻynagan). 2020-yil 2-noyabrda Legia Karbownikda COVID-19 testi ijobiy chiqqanini tasdiqladi, uchrashuvlarda ishtirok etmadi.
Brightonga qaytish 2021-yil 17-yanvarda Brighton Karbownikni Legiyadagi ijarasidan qaytarib olganliklarini eʼlon qildi.
Karbownik 2021-yil 10-fevralda Leicester Cityga qarshi oʻyinda debyut qildi.
Olimpiakos (ijara) 2021-yilning 28-avgustida Karbownik Gretsiya chempioni „Olimpiacos“ ga mavsumiy ijara asosida sotib olish opsiyasi bilan qo‘shilishi eʼlon qilindi. 12-sentyabr kuni debyutini Atromitosga qarshi o‘yinda oʻtkazdi.
Fortuna Düsseldorf (ijara) 2022-yil 4-avgustda Karbownik „Fortuna Dyusseldorf“ bilan shartnoma imzoladi.
Xalqaro faoliyati
2020-yil sentyabr oyida Karbownik Polshaning Gollandiya va Bosniya va Gersegovinaga qarshi boʻlajak oʻyiniga chaqirildi, ammo ikkita oʻyinning birortasida ham maydonga tushmadi. 2020-yil 7-oktyabrda milliy terma jamoa safida Finlandiyaga qarshi o‘yinda (5:1) debyut qildi. Keyingi ikki oʻyinda Polshaning Italiya va Bosniya va Gersegovinaga qarshi oʻyinlarda maydonga tushdi.
Faoliyat statistikasi
12-noyabr, 2022-yil holatiga koʻra[19]
Yutuqlari
Legia Warsaw Olimpiacos Individual Maʼlumotnomalar
uz.wikipedia.org