Mia Khalifa
Mia Khalifa (inglizcha: Mia Khalifa ) - amerikalik porno aktrisa. Mia Khalifaning pornografik sanoatdagi karyerasi qisqa muddatli bo'lib, 2014-2015 yillarda davom etgan.
Biografiyasi
Mia Khalifa 1993-yil 10-fevralda Livan poytaxti Bayrutda Livanlik katolik maronit oilasida tavallud topgan.
2000-yilda Mia Khalifaning oilasi Qo'shma Shtatlarga ko'chib o'tgan. O'smirlik chog'ida Mia Merilend shtatining Montgomeri okrugida yashay boshladi va Northwest High School o'qishni boshlagan.
Karyerasi
Mia Khalifa porno sanoatidagi faoliyatini 2014-yil oktabr oyida boshlagan. Bundan oldin Whataburger tarmog'ining tez ovqatlanish restoranida ishlagan va u yerda tashrif buyuruvchilarning biridan porno filmlarda suratga tushish taklifini olgan. O'sha yilning 28-dekabrida Pornhub yirik portali reytingida 1-o'rinni egallagan porno yulduzga aylangan.
Mia ba'zan filmlarda musulmon rolini o'ynasada, o'zi asli katolik oilasida tug'ilgan (xristianlar Livan aholisining yarmini tashkil qiladi) va musulmon deb hisoblanmaydi. Shunga qaramasdan, ba'zi ommaviy axborot vositalari o'z nashrlarida Mia Khalifani „musulmon“, Livanni esa „islomiy mamlakat“ ( TSN ) deb atashgan
1,5 million tomosha bilan Mia Xalifa Pornhubdagi eng mashhur porno aktrisaga aylangan. Ushbu sayt ma'lumotlariga ko'ra, 2015-yil 3-yanvardan 6-yanvargacha qidiruv so'rovlari soni besh baravar ko'paygan. Bu so‘rovlarning chorak qismi Livandan qilingan. Murojaatlarning muhim qismi Suriya va Iordaniyadan kelgan. Sayt statistik ma’lumotlarining 2015-yil 30-sentabr holatiga ko‘ra, Mia Khalifa Android OT foydalanuvchilari va iOS qurilmalari egalari o‘rtasida qidiruv so‘rovlari bo‘yicha Liza Ann va Kim Kardashiandan bir oz ortda qoldirgan holda uchinchi o‘rinda turadi.
Tanqid
Mia Xalifa bir necha bor Falastin davlatini qo‘llab-quvvatlagan va Isroilni falastinliklarga nisbatan zo‘ravonlikda ayblagan. Uning 2021-yil may oyida Isroil rasmiylariga bergan bir qancha keskin bayonotlari ijtimoiy tarmoqlarda katta rezonansga sabab bo‘lgan. 2023-yil oktabr oyida Khalifa Xamas Isroilga hujum qilgan kuni Falastinni qo'llab-quvvatlab, uni "ozod qilishga" chaqirgan. Playboy „Mia XAMAS hujumi va begunoh ayollar, erkaklar va bolalarning o'ldirilishini nishonlash chog'ida jirkanch izohlar berdi“, deya Khalifa bilan aloqalarini uzgan. Barcha kontent va Khalifaning kanali platformadan o'chirib tashlangan. Khalifa Playboy’dagi taqiqni izohlar ekan, Falastinni qo‘llab-quvvatlash uning daromadiga qimmatga tushganini aytgan.
Filmografiyasi
Shahsiy hayoti
18-yoshga to'lganidan keyin ko'p o'tmay, 2011-yil fevral oyida Mia Khalifa amerikalikka turmushga chiqgan. Hozirda Florida shtatining Mayami shahrida yashaydi. 2016-yilda turmush o'rtog'i bilan ajrashgan. 2019-yil mart oyida shved oshpazi Robert Sandberg bilan unashtirilgan, 2020-yil iyun oyida esa COVID-19 pandemiyasi tufayli ular uyda toʻy qilishgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org