MHSK (futbol klubi)




MHSK (eng: MHSK Tashkent — Markaziy harbiy sport klubi) — Toshkentda joylashgan, Oʻzbekiston sobiq futbol klubi.

Tarix



Jamoa nomlari tarixi




Baʼzi manbalarda klub 1945-yilda tashkil topib, Sovet davrida SKA nomi bilan tanilgan "Sverdlovets" klubining vorisi boʻlgan, degan maʼlumotlarni uchratish mumkin. MHSK 1979-yilda aviahalokatda fojiali ravishda halok boʻlgan "Paxtakor" jamoasi xotirasiga bagʻishlanib „ Paxtakor-79 “ nomi bilan 1992-yilda rasman tashkil etilgan.

Ayrim maʼlumotlarga koʻra, MHSK avval Oʻzbekiston Mudofaa vazirligiga, keyinchalik esa Oʻzbekiston Ichki ishlar vazirligi tasarrufida boʻlgan.

1993-yil boshida klub nomi „ Binokor-Paxtakor-79 “ deb oʻzgartiriladi. Keyinchalik esa MHSK nomini oladi. MHSK  — Markaziy Armiya Sport Klubi (rus: CSKA ) qisqartmasining oʻzbekcha muqobili hisoblanadi.

1992-yildan 1998-yilgacha MHSK Oʻzbekiston oliy ligasining yettita qur’asida ishtirok etgan va dastlabki 8 mavsumni Oʻzbekiston Oliy ligasida oʻtkazgan 1993 yilda u oʻz nomini „MHSK“ Toshkent deb oʻzgartirdi. Bu vaqt ichida klub 1997-yilda mamlakat chempionatida gʻolib chiqishga muvaffaq boʻldi, 1995 yilda milliy chempionatning kumush medali, 1996-yilda bronza medali sovrindori boʻldi. Bundan tashqari, 1995-yilda klub mamlakat kubogi finaliga qadar yetib borgan. Bu davrda klubning bosh homiysi O‘zbekiston Ichki ishlar vazirligi bo‘lgan.

1998-yilgi mavsumda Oʻzbekiston chempionatida oxirgidan oldingi 15-oʻrinni egalladi va Birinchi ligaga tushib ketdi. 1999-2000 yilgi mavsumda MHSK Birinchi ligada oʻynadi. 2001-yil Birinchi liga boshlanishi arafasida klub musobaqadan chiqdi.

2001-yilda jamoa tarqatib yuborildi, ammo 2002-yilda tarqatib yuborilgan klub negizida yangi „ SKA-Sibal Toshkent “ futbol klubi tashkil etildi.

Stadioni



Klub uy uchrashuvlarini Toshkentdagi 16500 tomoshabinga moʻljallangan MHSK stadionida oʻtkazgan. MHSK stadioni 2009-yilda buzib tashlanib, oʻrniga „Milliy“ stadioni qurilgan.

Yutuqlari



Oʻzbekiston chempionati




Oʻzbekiston kubogi




Oʻyin natijalari




Bosh murabbiylar




Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

TEZ YUK MARKAZ

Yuk markaz elonlari yuk yuborish va yuk tashish

Guruhga kirish


Uzpedia.uz