Mg 2




Magniy perxlorat , Mg -(C1O4)2 rangsiz kristall modda; juda gigroskopik. Zichligi 2,614 g/sm3. Suvda (100 g da 99,6 g) va organik erituvchilarda yaxshi eriydi. Massa jixatidan 43,5 dan 65,3% gacha konsentratsiyali suvli eritmalaridan — 67 dan 136° gacha temperatura oraligʻida geksagidrat Mg (SYU4)2’6N2O (suyuqlanish temperaturasi 243°) koʻrinishida kristallanadi. Magniy perxloratning 2 va 4 molekula suvli kristallogidratlari ham mavjud. Suvsizlantirilgan Magniy perxlorat — angidron SO2, SO, SO2, H2S, O2, N2 va boshqa gazlarni quritishda ishlatiladi. Magniy perxlorat nafaqat suvni, balki NH3, spirt, atseton, dioksan, piridin, atsetonitril va boshqa moddalarning bugʻlarini ham oʻziga biriktira oladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz