Mezen




Mezen — Komi Respublikasi va RF Arxangelsk viloyatidagi dare. Uz. 966 km, havzasining maydoni 78 ming km². Timan kryaji gʻarbiy yon bagʻridagi botqokliklardan boshlanib, Oq dengizning Mezen qoʻltiqchasiga quyiladi. Yomgʻir, qor suvlaridan toʻyinadi. Oʻrtacha suv sarfi 886 m³/sek. Qishda muzlaydi. Yogʻoch oqiziladi. Quyilish yeridan 371 km (bahorda 650 km) masofada kema qatnaydi. Baliqovlanadi. M. boʻyida Mezen shahri joylashgan.

Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz