Meybomiy bezlari
Meybomiy bezlari (shuningdek, tarzal bezlar, palpebral bezlar va tarzokonyuktival bezlar deb ataladi) tarzal plastinka ichidagi koʻz qovogʻi qirralari boʻylab joylashgan yogʻ bezlari (inglizcha. sebaceous glands) hisoblanadi. Qovoqlarda joylashgan meybomiy bezlari meybum deb nomlanuvchi (inglizcha. meibum) mahsulot ishlab chiqaradi. (Meybumning tarkibi sebumnikidan ancha farq qiladi, asosiy tarkibi yogʻlardan iborat, shuningdek, 90 dan ortiq oqsillar aniqlangan). Yuqori qovoqlarda bu bezlar soni 25ta, pastki qovoqlarda esa 20ga yaqin boʻladi. Ahamiyatli tomoni shundaki, qovoqlardagi bu bezlar koʻz yoshi bugʻlanishiga toʻsqinlik qiladi. Yopiq qovoqlarni havo oʻtkazmaydigan qiladi. Meybomiy bezlari disfunksiyasi koʻp uchraydigan koʻz kasalligi boʻlib, koʻzning quruqlashishiga (koʻz yoshlari bugʻlanib ketadi) olib keladi. Aynan meybomiy bezlari disfunksiyasi orqa blefaritning ham sababchisi hisoblanadi.
Tarixi
Bezlar qadimda Galen tomonidan tilga olingan boʻlsada 1666-yilda nemis shifokori Genrix Meybom tomonidan "De Vasis Palpebrarum Novis Epistola" asarida batafsil tasvirlangan. Bezning nomlanishi aynan nemis shifokori Genrix Meybom sharafiga.
Anatomiya
Yuqori qovoqda pastki qovoqqa nisbatan son va hajm jihatdan koʻproq meybomiy bezining boʻlishi koʻz yosh "plyonkasi" barqarorligiga koʻproq hissa qoʻshadimi yoki yoʻq haligacha aniq fikr yoʻq. Bezlar kiprik follikulalari bilan bevosita aloqada emas.
Funksiyasi
Lipidlar
Lipidlar meybumning asosiy tarkibiy qismi boʻlib "meybom bezlari sekreti" deb ataladi. "Meybum" atamasi dastlab 1981-yilda Nicolaides tomonidan fanga kiritilgan. Meybumning biokimyoviy tarkibi juda murakkab boʻlib, sebumnikidan farq qiladi. Lipidlar inson va hayvonlar meybumining asosiy komponenti sifatida eʼtirof etiladi. Lipidlar koʻz yoshi suyuqligining tez bugʻlanib ketishini oldini oladi, sirt tarangligini pasaytiradi.
Oqsillar
Odam meybom bezlari sekretlarida 90 dan ortiq turli xil oqsillar aniqlangan.
Klinik ahamiyati
Meybomiy bezlari disfunksiyasi koʻpincha quruq koʻzlar holatiga olib keladi.(eng koʻp tarqalgan kasalliklardan biri). Meybomiy bezlarining yalligʻlanishi - meybomit (meybomiy bezlari disfunksiyasi =yoki posterior blefarit) deb ataladi. Natijada bezlar qalin, loyqa va yopishqoq, yogʻli va mumsimon sekret bilan toʻsilib qolishi kuzatiladi. Aslida bezlarning sekreti tiniq boʻladi. Quruq koʻzlarga olib kelishidan tashqari, mumsimon tiqin bakterialar tomonidan parchalanishi va natijada koʻzni tirnash xususiyatini beruvchi krepitatsiyalarni hosil qiluvchi erkin yogʻ kislotalarning paydo boʻlishiga olib kelishi mumkin. Meybomiy bezlari disfunksiyasi koʻproq ayollarda uchraydi va quruq koʻz kasalligining asosiy sababi sifatida qaraladi. Meybomiy bezlarining disfunksiyasi odamning yoshi va garmonlarga ham koʻp jihatdan bogʻliq.
Sabablari
Ko'z qurishi sindromining asosiy sabablari 2 xil bo'lishi mumkin:
Bu ikki sababni taʼminlaydigan faktorlarga esa quyidagilar kiradi: kontakt linzalar, meybomiy bezlar disfunksiyasi, homiladorlik, A vitamini yetishmovchiligi, omega-3 yetishmovchiligi, kam hollarda antigistamin preparatlar, baʼzi antigipertenziv vositalar, tamaki tutuni vahokazolar. Koʻzning quruqlashishi ayollarda koʻproq uchraydi. Davo sifatida asosiy faktorlarni yoʻq qilish, agar jarayon yosh bezlaridagi muammo bilan boʻlsa suniy koʻz yoshlaridan foydalanish, tez bugʻlanish bilan bogʻliq boʻlsa siklosporin, steroidlar, maxsus koʻzoynaklar yordamida olib boriladi. (Albatta, mutaxasis tavsiyasiga binoan).
Simptomlari
quruqshash
kuyishish
qumli ishqalanishlar
qichishish
koʻzda nimadir borlik hissi
yorugʻlikka taʼsirchanlik
Davolash
Tiqin hosil qilgan mumsimon sekretni suyultirish hisobiga olib boriladi. Buning uchun iliq kompreslar yoki bolalar (chaqaloqlar) shampunida koʻz qovoqlarini tozalash tavsiya etiladi. Yoki oftalmolog tomonidan maxsus manipulatsiyalar orqali bezlar yoʻli ochiladi. Lifitegrast va restasis dori vositalari odatda, yalligʻlanishga qarshi va meybum sifatini yaxshilash uchun ishlatiladigan dori vositalari hisoblanadi. Baʼzi hollarda mahalliy yalligʻlanishni kamaytirish uchun steroid tomchilardan yoki mahalliy antibiotiklar ham qoʻllash mumkin.Davolashning oxirgi bosqichlarida fizioterapevtik muoalajalar oʻtkazilishi mumkin. Meybomiy bezlarining disfunksiyasiga shuningdek, baʼzi dori vositalari masalan, izotretinoin sabab boʻlishi mumkin.
Manbalar
uz.wikipedia.org