Mexiko





Mexiko — Meksikaning markazidagi shtat. Maydoni 21,5 ming km². Aholisi 13,08 mln. kishi (2000). Maʼmuriy markazi — Toluka shahri Markaziy Mesa togʻligining jan. qismi, qisman Vulkanli Syerra togʻlarida joylashgan. Gʻarbda Toluka togʻ oraligi havzasi va sharqda Mexiko havzasini oʻz ichiga oladi. Vulkan harakatlari faol seysmik rayon hisoblanadi. Iklimi tropik, togʻli iqlim, oʻrtacha oylik temperaturalar 9—12° dan 15—18° gacha. Yillikyogʻin 500–1000 mm. Togʻlar oʻrmonlar bilan qoplangan, 4000 m dan baland yerlar yaylovlardan iborat. Xoʻjaligining asosini qishloq xoʻjaligi tashkil etadi. Ekin maydonining 40% lalmikor yerlar (makkajoʻxori, dukkakli ekinlar, arpa ekiladi), 9% sugʻoriladigan yerlardan iborat. Toluka shahri atrofida bugʻdoy ekiladi, sut chorvachiligi, shimoliy rayonlarda kuychilik rivojlangan. Asosiy sanoat korxonalari: avtomobilsozlik, kimyo, yengil sanoat, metallsozlik, sunʼiy oʻgʻitlar ishlab chiqarish

Manbalar






uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz