Mevasabzavotbank




Mevasabzavotbank  — Oʻzbekiston meva-sabzavot xo‘jaligi va uning qayta ishlovchi sanoatining rivojlanishini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 18-avgustdagi 426-sonli qarori asosida ixtisoslashtirilgan aksionerlik-tijorat banki sifatida tashkil qilingan. 2000-yilda Savdogarbank tarkibiga qo'shib olinadi.

Tarixi



1994-yil „O‘zmevasabzavotuzumsanoat“, „O‘zoziqovqatsanoat“ davlat konsernlari va Moliya vazirligi Oʻzbekiston hukumatiga „Mevasabzavotbank“ respublika ixtisoslashgan aksionerlik-tijorat bankini tashkil etish taklifini bildiradi. 18-avgust kuni Vazirlar Mahkamasi oʻzining 426-sonli qarori bilan bu taklifga rozilik bildiradi va shu kundan bank oʻz faoliyatini boshlaydi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki bankning tashkil etilishi va faoliyat yoʻlga qoʻyishda yordam koʻrsatadi. „O‘zdehqonchiliksanoatbank“ va „Oʻzsanoatqurilishbank“ bankga malakali mutaxassislar tayyorlashda yordam beradi. „Toshshaharyoʻlovchitrans“ uyushmasi hamda Aloqa vazirligi „Mevasabzavotbank“ni zarur miqdordagi transport va aloqa vositalari bilan taʼminlaydi. 1994-yil 1-noyabrda „O‘zdehqonchiliksanoatbank“ 1994-yil 1-sentyabrgacha bo‘lgan holatga ko‘ra aktivlar va passivlarni „Mevasabzavotbank“ka beradi.

Muassislari



„Mevasabzavotbank“ning ustav fondi 5 mln so‘mni tashkil qilib, shundan, 2 mln so‘mi „O‘zmevasabzavotuzumsanoat“, 2 mln so‘m „O‘zoziqovqatsanoat“ hamda 1 mln. soʻm Moliya vazirligi mablagʻlaridan iborat edi. Ular bir oy muddatda taʼsis badallarini to‘lab, bankning ustav fondini tashkil etadilar.

Vazifalari



Bankning asosiy vazifalari meva-sabzavot xo‘jaligi korxonalari va tashkilotlariga, savdo, tayyorlov va qurilish sohasi tashkilotlarining qayta ishlovchi korxonalariga kredit-hisob-kitob xizmatini ko‘rsatishdan iborat edi.

Yopilishi



2000-yil 13-yanvarda Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi „Mevasabzavotbank“ ixtisoslashtirilgan aktsionerlik tijorat bankini qoʼshib yuborish toʼgʼrisida”gi 12-sonli Qarorini qabul qiladi. Unga asosan Mevasabzavotbank Savdogarbank tarkibiga qoʼshiladi.

Yana qarang




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz