Metodologiya




. Metodologiya (metod va ...logiya soʻzlaridan) — tadqiqotchining nazariy va amaliy faoliyatini tashkil etish, tiklash tamoyillari va usullari tizimi hamda bunday tizim haqidagi taʼlimot. M. metodlar haqidagi taʼlimot yoki yalpi-umumiy bilish metodi, deb ham taʼriflanadi. M. metodlarga va umuman voqelikka qanday yondashish yoʻlini oʻrgatadi. Voqelikning muayyan qismini, biror jihatini, rivojlanishining ayrim holatini oʻrga-tuvchi M.ga metafizikani, voqelikning chiziqli rivojlanish, oʻzgarish jarayonini va uni tashkil etuvchi elementlar oʻrtasidagi oʻzaro aloqadorliklarni aks ettiruvchi M.ga dialektikani, voqelikda roʻy beruvchi keskin, halokatli oʻzgarishlar, nochiziqli rivojlanish jarayonlarini oʻrganishda qoʻllaniladigan M.ga sinergetikapsh misol sifatida koʻrsatish mumkin.

M.ga ilmiy bilishning, voqelikni anglash va oʻzgartirishning algoritmi sifatida ham qarash mumkin. Masalan, Yunonistonda geometriya yer maydonlarini oʻlchashda normativ yoʻl-yoʻriq boʻlib xizmat qilgan va geometriya ilmini falsafani oʻrganish uchun muhim M. deb bilishgan. Platon maqbarasiga kiraverishdagi eshikka "kimki geometriyani bilmasa, bizning oldimizga kirmasin" deb yozib qoʻyilgan ekan. Falsafada esa olamni anglashda Geraklitning logosk M. vazifasini oʻtagan. M. taraqqiyotiga Sokrat, Aristotel jiddiy hissa qoʻshishgan. Forobiy sha-rkrna fikrlash uslubi nuqtai nazaridan Aristotel asarlarini sharxlaydi. Bunday sharxlar Aristotel merosini oʻrganishda M. boʻlib kelgan. Ibn Sino oʻzining xotiralarida Aristotelning "Metafizika" asarini 40 marotaba oʻqib chiqsa ham hech narsa tushu na olmaganligini, bu asarning mazmuniga Forobiyning sharxlarini oʻqigandan soʻnggina tushunib yetganligini yozib qoldirgan. M. haqida F. Bekon, R.Dekart, J. Lokk, G. Galiley va boshqa yevropalik olimlar maxsus kitoblar yozishgan. Shuningdek, M. rivojiga Kant, Fixte, Shelling, Gegel jiddiy hissa qoʻshishgan. Gegel dialektik M.ning asoslarini ishlab chikdi. 20-asrda sinergetik, strukturalistik va germenevtik M.lar falsafada eng obroʻli falsafiy M.lar sifatida nom qozondi, sistemaviy va kompleks yondashish M.lari esa insonning barcha hayotiy jarayonlarida keng qoʻllanilmoqda.

Bugungi kunda sinergetika M.si olamning chigal muammolarini tadqiq etishda, halokatli portlashlar, nochiziqli oʻzgarish jarayonlarining mohi-yatini tushunib yetishda, olamning vujudga kelishini ilmiy asoslashda kuchli evristik bilish quroli vazifasini oʻtamoqda.

Baxtiyor Toʻrayev.

Manbalar





uz.wikipedia.org

Sun'iy intellekt javobi:

Metodologiya — bu ilmiy tadqiqot yoki boshqa biron bir faoliyatni amalga oshirish jarayonidagi usullar, printsiplar, qoidalar va yondashuvlar tizimidir. Metodologiya tadqiqotning samarali va ishonchli natijalar berishini ta’minlash uchun qo‘llaniladigan bir qator vositalar, usullar va tamoyillarni o‘z ichiga oladi.

Metodologiyaning asosiy tarkibiy qismlari:

  1. Ilmiy yondashuvlar — masalan, induktiv va deduktiv yondashuvlar, tahliliy va sintetik usullar.
  2. Tadqiqot usullari — eksperimental, empirik, taqqosiy, statistik, modellashtirish va boshqalar.
  3. Ma’lumotlarni yig‘ish — so‘rovnoma, intervyu, kuzatish, arxiv materiallarini o‘rganish.
  4. Tahlil qilish usullari — matematik, statistik, mantiqiy tahlil, sifatli va miqdoriy tahlil.
  5. Qoidalarga rioya qilish — tadqiqotning aniq maqsad va vazifalariga moslik, obyektivlik, takrorlanish, ishonchlilik va haqqoniylik prinsiplariga amal qilish.

Metodologiyaning vazifasi:

Metodologiyaning ahamiyati:

Metodologiya tadqiqotchi uchun ilmiy izlanish jarayonini boshqarish va tashkil etishda yo‘l-yo‘riq beradi. Shu bois, har qanday ilmiy loyiha yoki amaliy ishda metodologiyani to‘g‘ri tanlash va qo‘llash juda muhim hisoblanadi. Bu tizim tadqiqot sifatini oshiradi, xatoliklarni kamaytiradi va ilmiy natijalarni boshqa tadqiqotchilar tomonidan tasdiqlanish imkonini beradi.


Agar metodologiya haqida yanada aniqroq ma'lumot yoki siz qiziqqan soha uchun maxsus metodologiya haqida ma'lumot kerak bo‘lsa, iltimos, so‘rashingiz mumkin.



Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz