Meteorologiyada




Adveksiya (lot. advectio — el-tish), meteorologiyada — havo va u bilan birga fizik xossalari (temperatura, namlik va hokazo)ning gorizontal (yotiq) yoʻnalishda koʻchishi. Biror hududdagi ob-havo va uni tashkil qiluvchi meteorologiya unsurlari ikkinchi bir hududga gorizontal koʻchganda A. yuz beradi. Shu hududning temperaturasi A. tufayli koʻtarilsa, iliqpik A. si, aksincha, pasaysa — salqinlik A. si deb ataladi. A. natijasida yuz beradigan atmosfera hodisalari advektiv hodisalar deb ataladi, mas, advektiv tumanlar, momaqaldiroq, ayoz va boshqa Sovuq va issiq, quruq va nam havo massalari A. si ob-havoning qanday boʻlishida muhim rol oʻynaydi (yana qarang Konveksiya).

Adabiyotlar





uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz