Meteorologik termometr




Meteorologik termometr - havo va tuproq temperaturasini oʻlchashda ishlatiladigan termometr. Meteorologik termometr ishlash tarziga koʻra, suyuqlikli (simobli, spirt li), gazli (mas, vodorod), deformatsiya, elektr xillarga boʻlinadi. S u yu q likli Meteorologik termometrda traning oʻzgarishi maʼlum miqdordagi suyuqlik hajminingoʻzgarishiga bogʻliq. Gazli Meteorologik termometrda temperatura maʼlum hajmdagi kimyoviy toza gaz bosimi bilan oʻlchanadi. Deformatsiya Meteorologik termometrda egiluvchan plastinka (bimetall plastinka, Burdon nayi)dan iborat boʻlib, temperatura taʼsirida egiladi. Elektr Meteorologik termometr temperatura taʼsirida termo-elementlarda elektr harakat kuchi yoki oʻtkazgichlar elektr qarshiligi (qarshilik termometri, termistorlar) ning oʻzgarishiga asoslangan. Meteorologiyada qavo va tuproq temperaturasini oʻlchashda, asosan, simobli va spirtli termo-metrlar; termometr etaloni sifatida vodorodli termometr; termograflarning qabul qilgichi sifatida deformatsiya termometri qoʻllaniladi. Elektr termometrlari, asosan, tadqiqot ishlarida va tuproq temperaturasini oʻlchashda qoʻllaniladi.

Manbalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz