Meteorologik elementlar




Meteorologik elementlar — atmosferaning maʼlum bir vaqtdagi holatini, undagi jarayonlarni ifodalovchi umumiy parametrlar. Meteorologik elementlar, asosan, havo temperaturasi, bosimi, namligi, shamol kuchi va yoʻnalishi, bulut, yogʻin turi va miqdori, tuman, tiniqlik, suv va tuproq temperaturasi, Quyosh radiatsiyasi, Yer va atmosferaning issiklik nurlanishi, qor qatlami va h. k.dan iborat. Shuningdek, Meteorologik elementlarga obhavoda sodir boʻladigan turli hodisalar — momoqaldiroq, qor va qum boʻronlari ham kiradi. Meteorologik elementlar asosida atmosferada sodir boʻlayotgan jarayonlar haqida batafsil maʼlumotlar olish mumkin. Meteorologik elementlardan obhavoni oldindan aytishda, iqlim normalarini hisoblashda va boshqa ilmiy tadqiqot ishlarida keng foydalaniladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz