Meteor astronomiya




Meteor astronomiya - astrono miyaning bir boʻlimi; meteoritlarning fizik va kimyoviy xossalarini, Yerga tushishidagi sharoitlarini va Yer atmosferasidagi harakatini oʻrganadi. Meteor astronomiyaning asosiy vazifasi: meteoritlarning paydo boʻlishi, shuningdek, sayyoralar sistemasi vujudga kelishini va rivojlanishida meteorit rolini aniqlash. Meteor astronomiya 18-asrda vujudga kelgan. Meteor astronomiyaning meteoritlarni oʻrganishga qaratilgan optik kuzatish, radiolokatsiya va boshqa usullari mavjud boʻlib, bunda Yernint sunʼiy yoʻldoshlari va kosmik zondlardagi asboblardan foydalaniladi. Meteor jismlarni Yer atmosferasi bilan toʻqnashish jarayonini tekshirish yoʻli bilan meteor modda harakatini oʻrganadi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz