Metchik




Metchik — teshiklarda vintsimon rezba (ariqcha) ochish (qirqish) uchun moʻljallangan metall qirqish asbobi. M.ning bir uchi kesuvchi tigʻlari (qirralari) boʻlgan silindrik valikdan, ikkinchi uchi stanok patroniga yoki qisqichga mahkamlashga moʻljallangan quyruqdan iborat.

Asosiy xillari: dastaki M. (qoʻlda rezba ochish uchun); gayka M.gi (ikki tomoni ochiq teshiklarda rezba ochish uchun); mashina M.gi (parmalash stanoklarida, avtomat va maxsus agregat stanoklarida, asosan, bir tomoni berk teshiklarda rezba ochish uchun); stanok M.gi (gayka qirqish stanoklarida ikki tomoni ochiq teshiklarda rezba ochish uchun); avtomat M. (gayka qirqish stanoklarida rezba ochish uchun) va boshqa Ular legirlangan asbobsozlik poʻlati va tezkesar poʻlatdan yasaladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz