Meta-Viki




Meta yoki Meta-viki  — Vikimedia Jamgʻarmasining barcha loyihalarini boshqarib turish uchun yaratilgan yordamchi sayt. Sayt oʻz faoliyati 2001-yilning noyabr oyida boshlagan. Bugungi kunga kelib Meta-viki bir necha vazifani bajaradi:

Hozirgi kunda Meta-viki vikimediachilar, jumladan, vikipediyachilar uchun obunalar roʻyxatlari, IRC kanallari hamda munozara sahifalari bilan bir qatorda muhokama maydoni rolini oʻynaydi. Meta-viki Inglizcha Vikipediyadan mustaqil loyiha boʻlib, uning oʻz qoida va koʻrsatmalari bor.

Boshida Meta-viki Vikipediyaning inglizcha versiyasi muammolarini muhokama qilish uchun yaratilgan. Meta-viki MediaWiki dasturini qoʻllay boshlaganidan keyin barcha tillardagi Vikimedia jamoalari uchun koʻp tillik forumga aylandi.

uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz