Metasploit
Metasploit project — axborot xavfsizligini taʼminlash uchun yaratilgan loyiha. U tizimlardagi buzib oʻtish mumkin boʻlgan nozik joylarni topish, IDSlar qoldirgan izlarni aniqlash, exploitlar yaratish va ularni testdan oʻtkazish uchun moʻljallangan.
Metasploit Framework loyihasi, ayniqsa, juda mashhur. Bu loyiha oʻz ichiga juda koʻp opkodlar va shellkodlarni qamrab olgan.
Metasploit 2003-yil yozda yaratilgan. Uning 1.0 versiyasi Perl tilida yozilgan boʻlib, psevdografik interfeysga ega edi. Loyiha muallifi HD Moore firmasi hisoblanadi. Ushbu freymvorkning 2-versiyasini (2.x) yaratish paytida guruhga Mett Miller va bir nechta koʻngillilar kelib qoʻshilishadi. Dasturning 3-versiyasi esa toʻliq Ruby tilida yozib chiqilgan. Ushbu uchinchi versiya 2006-yilda tashkil etilgan Metasploit LLC kompaniyasi tomonidan yaratilgan. 2008-yilga kelib, freymvork BSD litsenziyasiga ega boʻldi.
Hozirgi kunda uning bepul versiyasidan tarmoq administratorlari, axborot xavfsizligi boʻyicha mutaxassislar, professional buzgʻunchi hakerlar — krakerlar, shuningdek, dasturlashni endigina oʻrgana boshlagan skriptkiddie bolakaylar ham foydalanishlari mumkin.
Metasploit frameworkni oʻrnatish
Ushbu freymvorkni oʻrnatish uchun tizim va kompyuter quyidagi minimal talablarga javob berishi kerak:
Agar sizda Kali Linux operatsion tizimi oʻrnatilgan boʻlsa, demak Metasploit Framwork sizning kompyuteringizda avtomatik tarzda oʻrnatilgan. Uning repozitoriylarini yangilab, bemalol ishlatish mumkin.
Windows operatsion tizimiga oʻrnatish
Dasturni ishga tushirish uchun buyruqlar satri orqali quydagi buyruqni kiritish kerak:
Linux OSga oʻrnatish
Terminalni ishga tushirish (Ctrl+Alt+T tugmalari orqali ishga tushirish ham mumkin)
Terminalda quyidagi buyruqni kiritish lozim:
Oʻrnatish jarayonida foydalanuvchi nomi va parolini kiritish soʻraladi.
Dasturni ishga tushirish uchun terminal orqali quydagi buyruqni kiritish kerak:
Havolalar
uz.wikipedia.org