MetaMask
MetaMask – Ethereum kriptovalyutasi bilan oʻzaro ishlash uchun yaratilgan hamyon dasturi. Ushbu dastur foydalanuvchilarga brauzer extensioni yoki mobil ilova orqali Ethereum hamyonini ishlatish imkonini beradi.
MetaMask ilovasi asosan Etheruemga asoslangan dasturlar ishlab chiqaruvchi ConsenSys kompaniyasi tomonidan rivojlantirib borilgan.
Dastur xususiyatlari
Ushbu ilova orqali foydalanuvchilar oʻz hisoblarining kalitlarini saqlashi va boshqarishi, tranzaksiyalarni koʻrishi, Ethereumga oid kriptovalyuta hamda tokenlarni yuborishi va qabul qilib olishi mumkin. Bundan tashqari, u hisoblarni markazlashmagan ilovalarga veb brauzer yoki mobil ilova orqali xavfsiz bogʻlay oladi.
Veb saytlar yoki markazlashmagan dasturlar veb saytlarga soʻrovlar yuboruvchi JavaScript kodi orqali foydalanuvchi hamyoniga bogʻlanishi mumkin .
Dastur eng yaxshi valyuta kursini topish uchun Ethereum tokenlarini almashinish xizmatini ham oʻz ichiga oladi. Bu xizmat MetaMask Swaps deb ataladi. Ushbu xizmatdan foydalinish orqali dastur xizmat haqqi sifatida tranzaksiyaning 0.875%ni oladi.
Bloombergning xabar berishicha, 2021-yilning Noyabr holatiga koʻra, MetaMask brauzer extensioni oylik qariyb 21 million faol foydalanuvchilarga ega boʻlgan.
Tarixi
MetaMask 2016-yilda ConsenSys tomonidan yaratilgan. 2019-yilgacha MetaMask faqatgina Google Chrome va Firefox veb brauzerlari uchungina extension sifatida mavjud boʻlgan. Ilovaning kriptovalyuta foydalanuchilari orasida mashhur boʻlganiga qaramasdan, bir necha yil davomida rasmiy mobil ilovasi mavjud boʻlmagan. MetaMask nomi orqali yaratilgan zararli ilovalar koʻp yillar davomida Google kompaniyasining Chrome Web Store va Google Play platformalarini boshqarishda anchagina muammolarga sababchi boʻladi. 2020-yilda Google Play baʼzi bir sabablarga koʻra MetaMaskning rasmiy test rejimidagi ilovasini oʻchirib yuboradi.
2019-yilning boshida, MetaMask oʻzining mobil ilovasini yopiq test rejimi uchun yaratishni boshlaydi. Keyinchalik, 2020-yilda iOS va Android platformalari uchun yaratilgan ilovalar ommaga taqdim etiladi.
2020-yilning oktabr oyida, MetaMask Swaps xizmati brauzer extensionlariga qo'shiladi. 2021-yilning mart oyida esa ushbu xizmat mobil ilovalarda ham mavjud bo'ladi.
Tanqid
Tanqidchilar MetaMaskning brauzer extensioni foydalanuvchilarning tranzaksiyalari manzillarini saqlashini asosiy kamchilik sifatida aytishgan.
MetaMask ayrim davlatlarda mavjud boʻlmagan blokcheyn node infrastruktura xizmatidan foydalanadi. Ushbu davlatlarda yashovchi foydalanuvchilar hamyonlariga kirish imkoni yoʻq ekanligini taʼkidlashgan. Bu esa MetaMask haqida salbiy fikrlar vujudga kelishiga olib keladi.
Manbalar
uz.wikipedia.org