Metallurg (futbol klubi, Olmaliq)
Buni AGMK futbol klubi bilan va Bekabodning hozirgi futbol klubi Metallurg bilan adashtirmaslik kerak.
Bu atamaning boshqa maʼnolari ham bor, qarang: Metallurg.
„Metallurg“ (rus: Metallurg (futbolniy klub, Bekabod) — sobiq Ittifoq va Oʻzbekiston futbol klubi, Toshkent viloyati Olmaliq shahridan 1966-1988, 2003, 2008-2009 yillarda faoliyat yuritgan.
Tarixi
1966—1969-yillarda SSSR chempionatining „B“ toifasida, 1970—1986-yillarda Oʻzbekiston SSR chempionatida, 1987—1988-yillarda esa SSSR chempionati ikkinchi ligasida ishtirok etgan.
3 marta (1965/66, 1966/67 va 1967/68 yilgi mavsumlarda) SSSR kubogida qatnashib, turnirni dastlabki bosqichlardayoq tark etgan.
Oʻzbekiston SSR kubogida ham oʻynagan. 2003, 2008 va 2009-yillarda esa Oʻzbekiston Ikkinchi ligasining final bosqichida oʻynagan.
Stadioni
Klub uy uchrashuvlarini 1960-yilda qurilgan va 11 000 tomoshabinga moʻljallangan shu nomdagi Metallurg stadionda oʻtkazgan.
Yana qarang
Havolalar
uz.wikipedia.org