Metallica
Metallica (talaffuzi: Metallika) AQShda tuzilgan heavy metal guruhidir. Guruhga 1981-yil vokalchi/gitarachi James Hetfield va dovulchi Lars Ulrich Los Angeles shahrida asos solishgan. Tezkor tempi va agressiv musiqasi ortidan tanilgan ushbu guruh Megadeth, Anthrax va Slayer guruhlari bilan bir qatorda thrash metalning „katta toʻrtligi“dan biri hisoblanadi. Guruhning hozirgi tarkibi vokalchi va ritm-gitarachi Hetfield, dovulchi Ulrich, solo-gitarachi Kirk Hammett va bas-gitarachi Robert Trujillodan iborat. Sobiq aʼzolari qatoriga gitarachi Dave Mustaine (guruhdan ketganidan keyin Megadeth guruhiga asos solgan), bas-gitarachi Ron McGovney, Cliff Burton (1986-yilgi turne davomida sodir boʻlgan avtobus halokatida vafot etgan) va Jason Newsted kiradi.
Metallica tijoriy muvaffaqiyatga uchinchi albomi — Master of Puppets (1986) ni chiqargan soʻng erishdi. Albom guruhga katta shuhrat keltirdi. 1988-yili guruh ...And Justice for All (1988) nomli toʻrtinchi albomini omma eʼtiboriga havola etdi. Albom Grammy mukofotiga nomzod boʻldi. Keyin guruh Metallica (1991) nomli beshinchi albomini chiqardi. Albom ulkan tijoriy muvaffaqiyat qozonib, shu kungacha AQShda 16 milliondan ortiq nusxada sotildi va SoundScan erasining eng koʻp sotilgan albomiga aylandi. Guruhning eng soʻnggi chiqargan albomi — Hardwired... to Self-Destruct (2016).
Metallica qator mukofotlar qozongan, jumladan 9 ta Grammy mukofotini olgan. Guruhning oxirgi olti albomi Billboard 200 chartida ketma-ket birinchi oʻrinni egallagan. Metallica dunyodagi eng katta tijoriy muvaffaqiyatga erishgan guruhlardan boʻlib, umumjahon boʻylab 125 milliondan ortiq albom sotgan (2018-yil holatiga koʻra).
Guruh tarkibi
Xronologiya Diskografiyasi
Studiyaviy albomlari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org