Metallarni qaytarish




Metallarni qaytarish - qaytarilish reaksiyasi yordamida rudalardan metallarni ajratib olish jarayoni. Bunda qaytaruvchi sifatida metallarga qaraganda kislorodga yaqinroq element yoki moddalar ishlatiladi. Agar qaytarilgan metall eritma holida boʻlsa, jarayon osonlashadi, chunki erish jarayoni erkin energiyani kamaytiradi. Domna pechidagi jarayonda toza temir emas, balki uglerodning temirdagi eritmasi — choʻyan hosil bulishiga ham sabab shu.

Kimyoviy nuqtai nazardan qaraganda Metallarni qaytarish atomga yoki atomlar guruhiga elektronlar birikishidan iborat. Shu sababli, elektroliz yoʻli bilan metallar olish jarayoni, mas, mis sulfat (CuSO4)ning suvdagi eritmasini elektroliz qilib toza mis, alyuminiy oksidi (A12O3) eritmasini elektroliz qilib esa toza alyuminiy olish ham Metallarni qaytarishdir.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz