Metafaza




Metafaza (meta... va yun. phasis — paydo boʻlish) — somatik (tana) hujayralarning boʻlinib koʻpayish usuli, mitozning ikkinchi bosqichi. M.da boʻlinish duki toʻliq shakllangan boʻladi. Xromosomalar spirallashib, yorugʻlik mikroskop ostida koʻrinadigan boʻlib qoladi. Xromosomalar ekvatorda joylashib olib, oʻz sentromerasi (birlamchi belbogʻi) bilan boʻlinish dukiga ilashgan boʻladi. Sitogenetik tadqiqotlarda M. holatidagi xromosomalar oʻrganiladi.

Manbalar





uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz