Meta Platforms
Meta Platforms, Inc. ,
Meta sifatida biznes yurituvchi va ilgari
Facebook, Inc. nomi bilan tanilgan — Kaliforniya shtati, Menlo Parkda joylashgan Amerika multinatsional texnologiya konglomerati. Kompaniya boshqa shoʻba korxonalar qatorida Facebook, Instagram va WhatsAppning bosh tashkiloti hisoblanadi. Meta dunyodagi eng qimmat kompaniyalardan biri hisoblanadi. U Google ( Alphabet Inc. ), Amazon, Apple va Microsoftlar bilan bir qatorda Amerikaning katta beshlik axborot texnologiyalari kompaniyalaridan biridir.
Meta mahsulotlari va xizmatlariga Facebook, Messenger, Facebook Watch va Facebook Portal kiradi. Shuningdek, u Oculus, Giphy va Mapillary kompaniyalarini sotib oldi va Jio Platformsʼda 9,99% ulushga ega. Kompaniya oʻz daromadining katta qismini marketologlarga reklama joylashtirish xizmatini taklif qilishdan oladi.
2021-yil oktabr oyida ommaviy axborot vositalari Facebookʼning bosh kompaniyasi “metaverse yaratishga e’tiborini aks ettirish” uchun oʻz nomini oʻzgartirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berishdi. Oʻsha oyning oxiriga kelib, 28-oktabrda u Meta nomi bilan qayta brendlandi
Havolalar
uz.wikipedia.org