Messian Olivye Ejen Prosper Sharl




Messian Olivye Ejen Prosper Sharl (1908.10.12, Avinon - 1998, Parij) — fransuz kompozitori, organchi va pedagog , 20-asr klassik musiqasi namoyandalaridan. Parij konservatoriyasini tugatgan (1930). Ayni shu yerda va boshqa oʻquv yurtlarida dare bergan: shogirdlari orasida P. Bulez, K. Shtokxauzen, Ya. Ksenakis kabi 20-asr musiqasining yirik namoyandalari mavjud. 1936-yilda "Yosh Fransiya" kom-pozitorlar guruhini tashkil etgan. M. butkul ijodiy yoʻli jarayonida diniy qadriyatlar (fortepiano uchun "Chakaloq Iso qiyofasiga 20 nigoq", 1944; xor va orkestr uchun "Kichik liturgiyalar", 1944; Messa, 1950 va boshqalar), hind mumtoz (raga) musiqasi ("Turantalila" simfoniyasi, 1948; fortepiano uchun "4 ritmik etyud"lari, 1950 va boshqalar), dunyo qushlari ovozlarini (orkestr uchun "Qushlar uygʻonishi", 1953; fortepiano uchun "Qushlar katalogi", 1959 va boshqalar) oʻziga asos etib tanladi. Musika nazariyasiga doyr dareliklar, "Mening musiqiy tilim texnikasi" kitobi muallifi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz