Messaluna
Messaluna (italyancha: mezzaluna, TIV(ital.) : [ˌmɛddzaˈluːna]) ikki uchi tutqichli bir yoki bir nechta egik tigʻlardan yasalgan pichoq, mahsulotlarni maydalash pichoqni ikki tomonga galma-gal bosish bilan amalga oshiriladi. Odatda bu turdagi pichoqlar bir tigʻli boʻladi, ammo ikki va uch tigʻlilari ham bor.
Nomlanishi
Italyancha Messaluna soʻzi tigʻ shaklidan kelib chiqqan holda „Oy yarmi“ yoki „yarim oy“ degan maʼnolarni anglatadi. Italiyadan tashqarida u asl nomi bilan ham, „maydalash pichogʻi“, „silkigich“, „koʻkatlar pichogʻi“, „maydalgich“, „chopper“ deb ham ataladi.
Qoʻllanilishi
Messaluna odatda koʻkatlar yoki sarimsoqpiyozni maydalash uchun ishlatiladi, lekin pishloq va goʻsht kabi boshqa mahsulotlarni maydalash uchun ham ishlatilishi mumkin. Pichoqning juda katta, bir tigʻli turlaridan pitssani kesishda foydalaniladi. Italiyada soffito, pesto va boshqa mahsulotlarni tayyorlashda uchbu pichoq qoʻllaniladi.
Kesish taxtasi
Messaluna chuqurchaga ega boʻlgan maxsus kesish taxtasi bilan birga sotilishi mumkin.
Manbalar
uz.wikipedia.org