Meshk




Mesh , meshk — oshlangan teridan tikilgan ogʻzi tor qop, sanoch. Mesh qadimdan maʼlum, asosan, suyuq narsalar (suv, sut, shinni, qimiz va boshqalar)ni gashish va saklash, chalop tayyorlash va boshqa maqsadlarda ishlatilgan. Sharq mamlakatlari, Oʻrta Osiyo va Sibir xalqlari oʻrtasida keng tarqalgan. Qadimdan Sharq, xususan, turk-moʻgʻul xalqlari qoʻshinida harbiy harakatlar chogʻida, chunonchi, teran daryolardan kechib oʻtishda, sol yasashda unumli foydalanilgan. Oʻtmishda meshda suv manbalari (hovuz, ariq, quduq va boshqalar)dan xonadonlarga, guzarlarga, choyxona, karvonsaroylarga suv tashib berib tirikchilik qiladigan kishi meshkob yoki meshkobchi deb atalgan.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz