Mervin Tran




Mervin Tran (1990-yil 22-sentyabrda tugʻilgan) — Kanadalik figurali uchuvchi. Olivia Serafini bilan Amerika Qoʻshma Shtatlari vakili sifatida musobaqalarda qatnashadi.

Sobiq hamkori Narumi Takaxashi bilan Yaponiya vakili sifatida raqobatlasha turib, u bilan birga 2012-yilgi Jahon chemmpionatining bronza medali sovrindori, 2010-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatining kumush medali sovrindori va 2010 — 2011-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finali chempioni boʻlgan. Juftlik Yaponiya terma jamoasi sifatida jahon medalini qo‘lga kiritgan birinchi juftlik bo‘lgan. Tran Kanada vakili sifatida Natasha Purich bilan bir mavsum musobaqalarda qatnashgan.

Faoliyati



Mervin Tran toʻrt yoshida konkida uchishni boshlagan va keyinchalik figurali uchish bilan shugʻullangan.

Takahashi bilan




Tran 2007-yilning iyul oyida Takahashi bilan birga mashgʻulot oʻtkazishni boshlagan. Birgalikda faoliyat yuritishlari davomida juftlik St. Leonardda mashq qilishgan va Yaponiya konkida uchish assotsiatsiyasidan mablagʻ olishgan.

Takahashi / Tran juftligi xalqaro de utini 2007 — 2008-yillardagi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tominidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida o‘tkazgan va ishtirok etgan bosqichlarida 12 va 6-o‘rinlarni egallagan. Juftlik Yaponiya oʻsmirlar chempionatida gʻalaba qozonishgan va 2008-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etish uchun yoʻllanma olishgan. Chempionatida 15-oʻrinni egallagan.

2008 — 2009-yilgi mavsumda Takahashi / Tran juftligi oʻzining birinchi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri musobaqasida 4-oʻrinni egallagan. Ular ikkinchi bor ishtirok etayotgan huddi shunday musobaqalarida bronza medalini qoʻlga kiritib, 2008 — 2009-yilgi Xalqaro konkida uchish ittifoqi (ISU) tominidan oʻtkazilgan Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finaliga yoʻllanmani qoʻlga kiritgan va finalda ishtirok eyib, 7-oʻrinni egallagan. Juftlik 2008 — 2009-yillardagi Yaponiya chempionatida kattalar toifasi unvonini qoʻlga kiritgan. Juftlik 2009-yilgi Oʻsmirlar oʻrtasidagi Jahon musobaqasida 7-oʻrindan joy olgan.

Dasturlari



Takahashi bilan




Natijalari



GP: Gran-pri ; CS: Challenger seriyasi ; JGP: oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri

Takahashi bilan




Manbalar




uz.wikipedia.org

Uzpedia.uz