Merserizatsiya




Merserizatsiya [ingliz ixtirochisi J. Merser (1791 — 1866) nomidan] — 1) toʻqimachilikda — ipgazlama yoki sellyuloza tolali materiallarga maxsus ishlov berish usuli. Oʻyuvchi natriyning suvdagi eritmasi bilan 15—18° temperaturada amalga oshiriladi. Materiallarning pishikligini, yaltiroqligini, gigroskopikligi (nam shimuvchanligi) ni, boʻyaluvchanligini oshiradi. Maxsus M. mashinalarida bajariladi; bunda materialga oʻyuvchi natriyning suvdagi eritmasi shimdiriladi, siqib suvi chiqarib tashlanadi va toza suvda yuviladi, quritib va preyesdan oʻtkazib tekislanadi; 2) sel-lyulozaga 15—55° temperaturada oʻyuvchi natriyning suvdagi eritmasi bilan ishlov berish; viskoza va sellyulozaning boshqa hosilalarini tayyorlash bosqichlaridan biri. M.da uzluksiz yoki davriy ishlaydigan (press-vanna) uskunalar qoʻllaniladi. Bularda sellyulozaga oʻyuvchi natriy eritmasi shimdiriladi, soʻngra siqib tashlanadi. M. natijasida sellyulozaning asosiy xossalari yaxshilanadi (pishiqlashadi, yaltiroqlashadi va h. k.).

Manbalar






uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz