Merki tumani
Merki tumani (qozoqcha: Меркі ауданы) — Qozogʻiston Respublikasining janubida joylashgan Jambul viloyati tarkibidagi maʼmuriy birlik.
Tumanning maʼmuriy markazi — Merke qishlogʻi.
Tumanning maydoni 7,1 ming km².
2013-yil 29-iyundan — 2016-yil iyul oyigacha — tuman hokimi Ko‘pbo‘sinov Baxtiyar Beysembaevich.
2016-yil 30-iyundan 2021-yil martgacha tuman hokimi — Umirbekov Meyirxon Azatovich.
2021-yil 2-martdan — 2022-yil 5-maygacha — tuman hokimi Nursipatov Ruslan Maratovich.
2022-yil 16-maydan — tuman hokimi Baubekov Joʻrabek Nurmergenovich.
Geografiyasi
Merki tumani Qirgʻiz tizmasining etaklarida joylashgan. Sharqda tuman Qirgʻiziston bilan chegaradosh. Viloyat hududining shimoliy qismi Moʻyinqum qumlariga tutashgan yomgʻirli, yarim choʻl zonasi hisoblanadi.
Tumanning maydoni 7620 kvadrat kilometrni tashkil etadi. Iqlimi keskin kontinental, yillik oʻrtacha yogʻin miqdori 40—50 mm, baʼzan 70—100 mm gacha yetadi. Katta daryolari — Aspara va Merki. Tuman hududidan sugʻorish uchun foydalaniladigan Bolshoy Chuy kanali oʻtadi.
Tuman hududidan Qirgʻiziston temir yoʻlining Lugovoe-Bishkek tarmogʻi, Olmaota, Bishkek, Toshkent (Taraz, Chimkent shaharlari) shaharlarini bogʻlovchi avtomobil yoʻli oʻtadi.
Demografiyasi
Tuman aholisi 84760 kishini tashkil qiladi (2019).
Aholi dinamikasi:
Viloyatda 30 dan ortiq millat vakillari: qozoqlar, ruslar, ukrainlar, ozarbayjonlar, mesxeti turklari, oʻzbeklar, qirgʻizlar va boshqalar yashaydi.
Tarixi
Hudud 1933-yil 27-dekabrda tashkil topgan, lekin bu joylarda odamlar ancha oldin yashagan. Bu yerda miloddan avvalgi X—VIII asrlarga oid Jigimbay istehkomi joylashgan. Merki haqida birinchi marta IX-X asrlarda arab geograflari oʻz asarlarida quyidagicha tilga olishgan: „Mirki oʻrtacha kattalikdagi shahar boʻlib, mustahkam himoyalangan qalʼasi bor“. Shahar nomi forscha „markaz“ degan maʼnoni anglatuvchi „mirki“ soʻzidan olingan.
Aholisi
Milliy tarkibi (2019-yil boshida).
Maʼmuriy birligi
2019-yil boshidagi holatga koʻra, tuman 14 ta qishloq okrugini oʻz ichiga oladi.
Merki qishloq okrugi
Akermen qishloq okrugi
Oqtoʻgʻon qishloq okrugi
Jambil qishloq okrugi
Janatoʻgʻon qishloq okrugi
Kenes qishloq okrugi
Andas Botir qishloq okrugi
Oytal qishloq okrugi
T. Risqulov qishloq okrugi
Sarimoldaev qishloq okrugi
Surat qishloq okrugi
Tatti qishloq okrugi
Aqaral qishloq okrugi
Aspara qishloq okrugi
Iqtisodiyoti
Tuman aholisi asosan qishloq xoʻjaligi bilan shugʻullanadi. Bu yerda 1435 ta jamoa xoʻjaligi roʻyxatga olingan, 16 masʼuliyati cheklangan shirkat va ishlab chiqarish kooperativlari faoliyat koʻrsatadi.
Diqqatga sazovor joylari
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org