Merkel Angela
Angela Merkel (Angela Dorothea Kasner) (1954.17.7, Gamburg) — Germaniya sobiq davlat kansleri. Fizika fanlari doktori (1986). Leypzig universitetini tugatgan bundan tashqari o'nlab universitetlar darajasiga ega. Xususuan, 2019-yil Dunyoning eng nufuzli universitetlaridan bo'lgan Garvard Universiteti doktorlik darajasiga ega bo'ldi va Universitetda nutq so'zladi. 1978-yildan Germaniya Demokratik Respublikasi Fanlar Akademiyasining fizik kimyo markaziy instituti ilmiy xodimi, 1990-yil Germaniya Demokratik Respublikasi demokratik hukumatining matbuot kotibi oʻrinbosari, birlashgan Germaniya federal hukumatining matbuot va axborot idorasi referenti, 1990-yildan Xristian-demokratik ittifoq va GFR bundestagi aʼzosi, 1991-yildan Germaniya xotin-qizlar va yoshlar ishlari boʻyicha, 1994-yildan atrof-muhitni muhofaza qilish va yadro reaktorlari xavfsizligi masalalari boʻyicha federal vazir, 1998-yildan Xristian-demokratik ittifoq bosh kotibi, 2000-yil apreldan raisi, 2002-yil sentyabrdan GFR bundestagida Xristian-demokratik ittifoq / Xristian sotsial ittifoqining birlashgan fraksiyasi raisi. 2015-yilda esa "Time" jurnali tomonidan "Yil Odami" deb e'tirof etiilgan va shuningdek ko'p marotaba "Forbes" tomonidan dunyoning "Eng nufuzli ayollari ro'yxati"da eng yuqori o'rinlarni egallagan. 2005-yil 22-noyabrdan GFR federal kansleri. 2021-yilda Angela Merkel iste'oga chiqdi va uning nafaqa puli 15 000 yevro boʻlishi aytildi.
Manbalar
uz.wikipedia.org