Merkator Gerard




MERKATOR (Mercator; Kremerning lotinlashtirilgan familiyasi) Gerard (1512.5.3-1594.2.12) - flamand haritagrafi. Aniq optik asboblar tayyorlash va haritalar nashr qilish bilan shugʻullangan. 1552-yil Duysburg shahri (Germaniya)ga koʻchib oʻtgan. Mavjud haritagrafik materiallarni tanqidiy qarab chiqib, M. haritalar tuzishning yangi, matematik asoslangan prinsiplarini, xususan bir nechta haritagrafik pro-yeksiyalarni taklif etdi; bulardan eng mashhuri teng burchakli silindrik proyeksiya asosida tuzilgan dunyo haritasi (1569) (qarang Merkator proyeksiyam). Bu proyeksiya jahonda eng koʻp tarqalgan va oʻsha vaqgdan hozirgi qadar bu proyek-siyada burchaklarni aniq tasvirlovchi dengiz navigatsiya haritalari, aeronavigatsiya va boshqa haritalar tuziladi. M. Yer magnetizmini tadqiq qilib, magnit qutbi koordinatini hisoblab chiqdi. Asosiy ilmiy ishi — Yevropa mamlakatlarining "Atlas" deb atalgan haritalari toʻplami (1595, vafotidan keyin nashr qilingan). "Atlas" soʻzboshisida geografiya predmeti va vazifalari bayon qilingan.

Adabiyot




Manbalar




uz.wikipedia.org

TELEGRAM XIZMATLAR

Kanal va guruhlar uchun o'zbek obunachilar

Kanalga o'tish


Uzpedia.uz