Merih Demiral
Merih Demiral (1998-yil 5-martda tugʻilgan) — turkiyalik professional futbolchi, A Seriyada " Atalanta " klubi va Turkiya terma jamoasida markaziy himoyachi sifatida oʻynaydi.
Klub faoliyati
Ilk yillar
Fenerbahche yoshlar tizimining tarbiyalanuvchisi boʻlgan Demiral Portugaliyaning Alcanenense jamoasi bilan 2016-yilda shartnoma imzolagan.
2017-yilning yanvarida u Sporting Bga ijaraga berilgan va 2017-yilning 5-fevralida Segunda Ligadagi professional debyutini oʻz uyida Famalikaoga qarshi 1:1 hisobida durang bilan oʻtkazgan. Mavsum oxirida u klub tomonidan toʻliq shartnoma bilan transfer qilingan.
2018-yilning 15-avgustida u ijara asosida Turkiyaning „Alanyaspor“ klubiga oʻtgan. 2019-yilning 29-yanvarida u 3,5 million yevro evaziga „Alanyaspor“ga doimiy ravishda qoʻshilgan.
Sassuolo
2019-yilning 30-yanvarida Demiral Italiya A seriyasining „Sassuolo“ klubiga sotib olish majburiyati bilan ijaraga oʻtgan. U A Seriya va klubdagi debyutini 24-fevral kuni SPALga qarshi uyinda 1:1 hisobidagi durang bilan oʻtkazgan. Klub safida ilk golini 4-aprel kuni Kyevo darvozasiga kiritgan. Oʻsha oʻyinda Demiral dubl qayt etgan.
Juventus
2019-yilning 5-iyulida "Juventus" Demiralning „Sassuolo“dan 5 yillik shartnoma asosida 18 million yevroga transferini rasman eʼlon qilgan. Xabarlarga koʻra, uning maoshi yiliga 1,3 million yevroni tashkil qilgan. U klubda oʻynagan ilk turkiyalik futbolchi boʻlgan. U klubdagi debyutini 21-sentabr kuni A Seriyada " Verona " ustidan 2:1 hisobida gʻalaba qozonilgan oʻyinda oʻtkazgan. Keyinchalik u Chempionlar ligasidagi debyutini 11-dekabrda, klubning guruhdagi soʻnggi oʻyinida oʻtkazgan. „Juventus“ga safarda „Bayer“ ustidan 2:0 hisobida gʻalaba qozonishda yordam bergan.
U klubdagi ilk golini 2020-yilning 12-yanvarida „Roma“ga qarshi safarda 2:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda kiritgan, natijada „Juventus“ norasmiy „Qishki chempionlar“ unvonini qoʻlga kiritgan. Keyingi oʻyinlarda u asosan zahiradan maydonga tusha boshlagan. Oʻyinda oldingi xoch ligament bogʻlamlarini shikastlab olgan. Natijada, u mavsumning qolgan qismida, jumladan, Yevro-2020da ham safdan chiqishi kutilgan. U 1-avgust kuni maydonga qaytgan va „Juventus“ A Seriyada „Roma“ga qarshi oʻyinda (3:1) zaxiradan maydonga tushgan, „Juventus“ liga chempioni sifatida mavsumni yakunlagan.
Atalanta (Ijara)
2021-yil 6-avgustda Atalanta Demiralni "Juventus"dan sotib olish opsiyasi bilan ijaraga olganini eʼlon qilgan. 2021/22-yilgi mavsumda u barcha musobaqalarda jami 42 oʻyin oʻtkazib, ikkita gol urgan va uchta golli uzatmani amalga oshirgan. „Atalanta“ 2022-yil 17-iyun kuni 20 million yevroga sotib olish huquqidan foydalangan.
Xalqaro faoliyat
Demiral 17 yoshgacha va 19 yoshgacha boʻlgan yosh guruhlarda Turkiyani himoya qilgan. U 2018-yilning 20-noyabr kuni Ukrainaga qarshi oʻrtoqlik oʻyinida Mert Myuldurning oʻrniga 85-daqiqasida zahiradan maydonga tushib kattalar safida debyut qilgan. 2021-yil 11-iyunda Demiral UEFA Yevro-2020 musobaqsining birinchi oʻyinida Italiyaga qarshi (3:0) maydonga tushgan.
Shaxsiy hayoti
2022-yil 20-aprelda Demiral va uning sevgilisi Heidi Lushtaku oʻgʻil farzandli boʻlishdi va bu haqda bola tugʻilgandan bir oy oʻtgach eʼlon qilishdi.
Faoliyat statistikasi
Klub
Xalqaro
Yutuqlar
Juventus Turkiya U20 Manbalar
uz.wikipedia.org