Mergui




Myey , Mergui — Andaman dengizidagi orollar guruhi, Myanma qirgʻoqlari yaqinida. Hindixitoy yarim orol markaziy qismidagi togʻ tizmalarining suv ostidagi davomi. Jami 800 dan ortiq orol va granit qoyalardan iborat boʻlib, maydoni 3,5 ming km² chamasida. Yer yuzasi tepalik va past togʻlardan iborat, eng baland joyi 767 m. Tropik oʻrmonlar bilan qoplangan, sohil qismida mangra oʻrmonlari uchraydi. Baliq ovlanadi, marvarid yigʻiladi.

Manbalar






uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz