Merganlar
Merganlar qishlogʻi — Buxoro viloyati Romitan tumani Xosa shaharchasi Decha mahallasi hududida joylashgan qishloq.
Etimologiyasi
Mergan – bu soʻz toponim sifatida Uralsk viloyati hamda Orol dengizidagi orollarda uchraydi.
"Mergan" Xon saroyidagi mansablardan biri boʻlib, "ov bilan shugʻullanuvchi kishi" ma'nosini anglatgan. Soʻzning aniq lugʻaviy ma'nosi "aniq nishonga oluvchi mergan" hisoblanadi.
Ayrim tadqiqotchilarning fikricha, "Mergan" etnik nom boʻlib, qoʻngʻirot qabilasining bir tarmogʻidir. Barcha turkiy xalqlarda "Mergan" "aqlli, epchil, koʻrimli" maʼnosiga ega.
Muassasalar
Qishloq hududida asosan Decha, Merganlar, Quyi Decha va Arabon qishloq fuqarolariga xizmat qiluvhi Romitan tuman xalq ta’limi bo‘limiga qarashli 32-umumta’lim maktabi joylashgan.
Manbalar
Havolalar
uz.wikipedia.org