Mercédès Jellinek




Mercédès Jellinek (talaffuzi: Mersedes Yellinek, 16-sentabr 1889-yilda tavallud topgan) – Avstriyalik tadbirkorning qizi, uning ismi sharafiga „Mercedes“ avtomobillar markasi nomlangan.

Biografiyasi



Otasi Emil Jellinek avstriyalik bankir va Gottlib Daymlerga tegishli avtomobil ishlab chiqarish korxonasining hamkori boʻlib, ushbu korxonada ishlab chiqariladigan mashinalar seriyasini qizining ismi bilan nomlagan.

1902-yilda „Mercedes“ soʻzi rasman savdo belgisi sifatida roʻyxatdan oʻtkazilgan. Shu yilning oʻzida Parijdagi avtomobillar koʻrgazmasidagi stendda Mercedesning portreti ilingan edi.

Mercedec Venada yashagan va ikki marta turmush qurib, ajrashgan. Suyak saratoni tufayli 1929-yilda vafot etgan.

Manbalar




Havolalar




uz.wikipedia.org

Loyiha rivoji uchun hayriya qiling: 9860 3501 4465 8134. @Shaka_rj
Maqsad sun'iy intellekt javoblarini ko'paytirish

Uzpedia.uz