Meporter
Meporter real vaqt rejimida giperlokal yangiliklarni yaratish uchun geolokatsiya va multimediadan foydalanadigan fuqaro jurnalistikasi mobil ilovasi edi. Ilova nomi ham inglizcha me (men) va reporter (jurnalist) soʻzlarining birikmasidan iborat. Foydalanuvchilar oʻz smartfonlari yordamida Meporter ma’lumotlar bazasiga hamda Meporter veb-saytiga voqea joyidan matnlar, videolar va tasvirlar yuklashlari mumkin edi. Voqealar sodir boʻlgan joylarni esa GPS yordamida belgilab qoʻyishlari ham mumkin edi. Yangilik yuklangach, uni boshqa Meporter foydalanuvchilari smartfonlaridagi ilova yoki Meporter veb-sayti orqali koʻrishlari mumkin edi. Foydalanuvchilar sovgʻalarga almashtirish mumkin boʻlgan Foursquare nishonlariga oʻxshash “Press pass” yutib olar edilar.
Xususiyatlari
Meporter multimediaga asoslangan tizim boʻlib, foydalanuvchilarga sodir boʻlgan voqealar haqida matn, tasvir yoki videolar yuklashga imkon bergan. Boshqa geolokatsiya ilovalaridan farqli oʻlaroq, Meporterda matn uchun belgilar chegarasi yoʻq edi. Shuning uchun foydalanuvchilar ma’lumotlar bazasiga kerakli deb hisoblagan hajmda matn yuklashlari mumkin edi. Meporter jamoasi foydalanuvchilar yuklagan medialarning hech birini tahrirlamagan.
Meporterga content yuklagan va ma’lum talablarga javob beradigan foydalanuvchilarga “Press passes” (matbuot talonlari) beradigan ball tizimi mavjud edi. Agar foydalanuvchi Press passlar bilan biznes qilmoqchi boʻlsa, Press pass egalariga sovgʻa taklif qilishlari mumkin edi. Masalan, Forbes jurnali biznes toifasiga 10 ta yangilik joylashtirgan meportchilarga 6 oylik bepul obunani taklif qilgan.
Hamkorlik va tadbirlar
Meporter 2011-yilda New York shahridagi TechCrunch Disrupt konferensiyasi davrida ishga tushirilgan. U Fox Business Network, The New York Times, The Washington Post va The Huffington Post nashrlarida namoyish etildi. Meporter Forbes jurnali, The Vans Warped Tour, Villi Nelsonning Country Throwdown Tour va Rockstar Mayhem festivali kabi bir qancha biznes, brend va tadbirlar bilan hamkorlik qilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org