Mentha suaveolens
Mentha suaveolens ,
olma yalpizi ,
ananas yalpizi ,
junli yalpiz yoki
dumaloq bargli yalpiz (sinonimlari M. rotundifolia, Mentha macrostachya, Mentha insularis), yalpizdoshlar oilasiga mansub gulli oʻsimlik. Uning vatani janubiy va gʻarbiy Yevropa, Oʻrta yer dengizi mintaqasi. Bu tur koʻpincha oshpazlikda ziravor sifatida ishlatish yoki yer qoplamasi hosil qilish uchun oʻstiriladigan ko‘p yillik o‘t o‘simlik.
Tavsif
Olma yalpizining bo‘yi 40 to 100 centimetr (16 to 39 in)gacha o‘sadi. Barglari och yashil rangda, qarama-qarshi joylashgan, cho‘zinchoq va deyarli tuxumsimon barglari uzunligi 3 to 5 cm (1.2 to 2.0 in) kengligi 2 to 4 cm (0.8 to 1.6 in). Ularning tepasi biroz tukli, pastki qismi esa tishli qirrali. Gullar uzunligi 4 to 9 cm (1.6 to 3.5 in) boʻlgan boshoqlarda rivojlanadi. Olma yalpizi yozning oʻrtalarida va oxirlarida gullaydi.
Tarqaish
Olma yalpizining vatani janubiy va gʻarbiy Yevropa boʻlib, Yevropaning markaziy va shimoliy qismlarida tabiiylashtirilgan. U nam va soya joylarda o‘sadi.
Oʻstirish va foydalanish
Jozibali oʻt, olma yalpizi koʻpincha dekorativ oʻsimlik sifatida ishlatiladi. U bardoshli va oʻsishi oson, yengil soyali sharoitlarni afzal koʻradi. Ushbu oʻsimlikning barglari olma yalpiz jelesini tayyorlash uchun ishlatilishi mumkin, shuningdek, olma yalpiz kuskus kabi taomlarga aromatizator sifatida qo‘shiladi. Bundan tashqari, koʻpincha yalpiz choyi tayyorlash, garnitür va salatlarda ishlatiladi.
Ananas yalpizi (Mentha suaveolens 'Variegataʼ) barglari oq rang bilan oʻralgan olma yalpizining navi. Undan olingan gibrid greyfurt yalpizi deb ataladi(Mentha suaveolens × piperata).
Olma yalpizi ming yillar davomida dunyoning koʻplab mintaqalarida, jumladan Afrika, Yevropa, Osiyo va Amerikada tibbiy maqsadlarda ishlatilgan.
Manbalar
uz.wikipedia.org