Mentalitet




Mentalitet (lotincha: mentalis — akliy) — ayrim kishi yoki ijtimoiy guruhga xos aqliy qobiliyat darajasi, maʼnaviy salohiyat. Jamiyat, millat yoki shaxsning Mentaliteti ularning oʻziga xos tarixiy anʼanalari, urf-odatlari, diniy eʼtiqodini ham qamrab oladi. Har bir millatning Mentaliteti uning tarixi, yashab turgan shart-sharoiti, ijtimoiy faolligi va boshqa bir qancha omillar bilan bogʻlangan boʻladi. Masalan, oʻzbek millati Mentalitetining shakllanish jarayoni deyarli uch yarim ming yillik tarixga ega. Oʻzbek xalqi insoniyat moddiy va maʼnaviy madaniyatini bebaho durdonalar bilan boyitgan. Uning Mentaliteti, aqliy qobiliyati oʻtkirlashib borgan. Ammo 16—20-asrlar oraligʻida turli istibdod va mustamlakachilik zulmini boshidan kechirganligi tufayli milliy Mentalitetiga jiddiy putur yetdi. Mustaqillik mafkurasi oldida oʻzbek xalqining haqiqiy Mentalitetini tiklash vazifasi turibdi.

Mentalitet o’zi bormi? Bir tomondan g’alatidek eshitilishi mumkin ammo, mentalitet so’zi barcha tillarda har xil ma’noda ishlatiladi. Misol uchun, ingliz, nemis, fransuz tillarida o’ylash fikrlash deb hisoblansa, rus, o’zbek tillarida jamiyat, odamlar degan ma’nolarni bildiradi. Aslida so’zning asosi lotin tilidagi mens (mentis) fikr, fikrlashdan olingan. Agarda bugungi videomiz mavzusining nomiga e’tibor qaratadigan bo’lsak, ingliz, nemis, fransuz, umuman deyarli barcha g’arb mamlakatlarida u xalqning ruhiy va intellektual holati sifatida, MDH davlatlarida bo’lsa muayyan jamiyatning ma’naviy, madaniy o’ziga xosligi sifatida qaraladi. Mentalitet so’zi o’z ma’nosi ya’ni kollektiv fikrlash, umumiy e’tiqodlar, stereotiplar sifatida 19-asr o’rtalaridan boshlab ishlatila boshlagan. Shu sababdan qolgan sohalar, sotsiologiya, psixologiya, antropologiya va tarixda ushbu so’z boshqacha o’rin tutadi. Masalan, psixologiyada mentalitet madaniyat, tarbiya va shaxsiy tajriba kabi turli omillar ta'sirida bo'lishi mumkin bo'lgan shaxsning o'ziga xos fikrlashini, his qilishini va o'zini tutishini anglatadi. Sotsiologiya va antropologiyada mentalitet ma'lum bir guruh yoki jamiyatni tavsiflovchi umumiy munosabat, qadriyatlar va e'tiqodlarni tavsiflash uchun. Masalan, jamiyatning mentalitetiga din, an’ana, tarix va ijtimoiy me’yorlar kabi omillar ta’sir qilishi mumkin. Ba’zi bir manbalarning ta’kidlashicha, mentalitet va dunyoqarash bir narsani bildirar ekan. Menimcha kruglozor individual tushuncha bo’lib odamning atrof-muhit haqidagi fikri, e’tiqodini anglatadi, haqiqatdan ham insonning shaxsiy qarashlarini butun boshli jamiyatniki bilan bir xil deb hisoblash noto’g’ri, lekin, mabodo shu chegaramizda joylashgan, bundan 40 yil ilgari birga og’a-ini bahodir bo’lib yashab kelgan qardoshlarimizning dunyoqarashini, o’zimizning dunyoqarashimizga nisbatan solishtirsak unchalik ham katta farq chiqmaydi. Misol uchun, ruslar ham yostiq ostida pulini asrab o’tiradi, biz bo’lsa ko’rpachani tagida. Xullas, siyosat, madaniyat va boshqa omillar mentalitet va dunyoqarashimizga katta ta’sirni o’tkazishi mumkin, bu haqida sal keyinroq to’xtalsak bo’ladiku to’g’rimi? Nimaga odamlarni gapiga qarab yashash mentalitetimizning sandig’ida katta bir burchakdan joy olgan? Har doim g’arb va sharq jamiyatlarida ikki xil yashash tarzi hukm surgan. Yevropada tug’ilgan odam o’zining iqtidori, harakatlari bilan jamiyatning e’tiboriga tushishi osonroq bo’ladi. Chunki uni hech kim tanqid qilib hayotiga aralashmaydida. Ha o’zimizni yaqin sharqda bo’lsa, har doim kimdir qanaqadir o’zi o’ylab topgan chegaralar asosida boshqalarni o’sha ramkada yashashini xohlaydi. Umuman olganda sizda yaxshi fikrlash darajasi bo’ladimi, boshqami sizni baribir jamiyat o’z qobiqlari ostiga olib ketaveradi. Shu sababdan ham har bir diniy marosim, to’y, o’g’lizni armiyadan keganiga xudoyilar har doim odamlar bilan gavjum holda o’tadi. Agar siz yo’q bu mani prinsiplarimga to’g’ri kemiydi deb qimasez, jamiyatdan uzilgan, ajralib qolgan bir noodatiy mahluqqa qaragandek qarashadi. Bu holat shu darajada bizga singib ketganki, hatto maqollar ham ko’pchilikdan ajralmaslik haqida tildan-tilga o’tib kelyapti, masalan, maslahatli osh aynimas, Ayrilganni ayiq yer, bo’linganni bo’ri yer. (Madaniyat va ma’rifat kanali). Ho’sh bularga sabab nimada? Birinchidan, din tomonlama insonlar bir birga birodar ekanligi, hamjihatlikda barcha ishlarni amalga oshirishi kerakligi uqitirilgan. O’sha davrlarda, jamiyatning hayoti juda ham oddiy bo’lgan, asosiy marosimlar faqat diniy, hamjihatlikdagi tadbirlardan iborat edi. Ikkinchidan, bizni ota onalarimiz, doda buvilarimiz, sevgan sotsializm va kommunizm, aynan shu ikki siyosiy o’yinlar hayotimizga juda ham katta ta’sir o’ktazdi. Bu haqida ham sal keyinroq to’xtalamiz. Kattalarga gap qaytarmaslik sababi Mamlakatimiz har doim boshqa kuchli davlatlar uchun ishchi kuchi, yerosti boyliklari manbai sifatida yaxshigina bonfile deb hisoblanilgan. Shu sababdan ham o’zbekiston xududiga Aleksandr Makedonskiy, Mo’g’ulistonliklar, Arablar, Oq Podshoh ruslar bostirib kelishgan. Shuning uchun ham o’rta osiyoda yashagan insonlar kattalarga gap qaytarmaslik kerak degan tushunchaga ega, ya’ni yoshi ulug’roq odamlar, koproq urushlarda qatnashishgan va ularni tajribasi yoshlarnikiga qaraganda yuqoriroq bo’lgan edi. Lekin, faqatgina bizni yurtda shunaqa urushlar bo’lmagan, butun dunyo tarixi davomida eng ko’p urushlar Fransiyada va Buyuk Britaniyada bo’lgan, bu ikki davlat qatnashgan urush bilan bizni ajdodlarimiz qatnashgan urushni farqi bor, yuqoridagi mamlakatlar ko’proq bostirib kirish uchun jang qilishgan bo’lsa, bizga ko’proq bostirib kirishgan, albatta istisno sifatida, Amir Temurni keltirsa bo’ladi, aynan uning davlati tarixdagi boshqa yiriklashgan mamlakatlardan farq qila olgan. Yana urushlardan tashqari oldinlari genotsid ko’p sodir bo’lardi, bunga misol qilib, Jadidchilarni o’ldirilishi, Xorazmda Amir Temur tomonidan o’tkazilgan qirg’in va hokazolar. Rus hukumati davridagi eng yomon genotsid menimcha, yangi Turkiston muhtoriyatini qurilishida ishtirok etganlarni o’ldirilishi edi. Chunki butun xalq yangi demokratik davlat quraman deb, harakat boshlagan, so’z erkinligi bo’lishiga ishongan, sababi o’sha paytda bolsheviklar xalqqa erkinlik beramiz degan va’dalarni berishganidi. Lekin vadalar bajarilmadi. Aynan shu voqea xalqimizning ongidan o’chmas iz qoldirgan. Hozir ham muammolar haqida gapirishga biror bitta o’zini qiynayotgan xodisadan chiqishga qo’rqamiz, sababi esa o’sha muxtoriyat parchalanishi jamiyatimiz xotirasida hali hamon saqlanib qolmoqda.

Manbalar





uz.wikipedia.org


Uzpedia.uz